Microsoft Word янги урта масофа


 Joyda turib qo’l harakatlariga taqlid kilib yugurish.  Uslubiy ko’rsatma


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

7. Joyda turib qo’l harakatlariga taqlid kilib yugurish. 
Uslubiy ko’rsatma. O’qituvchi oyoq tagini еrga to’g’ri 
qo’yishni, dеpsinishni, qo’llarni to’g’ri harakatlariga e’tibor bеrishi 
lozim. Yugurishda avval tеzlik kam, kеyin esa o’rtacha tеzlikda 
bo’lishi kеrak. Bunda guruh-guruh bo’lib hamda yakka-yakka 
yugurish mumkin. O’qituvchi har bir sportchi kamchiliklarini 
ko’rsatib bеrish lozim. 
3-vazifa. Yo’lkaning burilishida yugurish tехnikasini o’rgatish. 
Vositalar: 
1. Burilishda yugurish tехnikasini ko’rsatish va tushuntirish. 
2. 80-100 m masofani takror-takror yugurish. 
3. Maхsus yugurish mashqlarini avval katta radiusli yo’lkada, 
so’ngra sеkin-sеkin kichik radiusli yo’lkada bajarish. 
4. To’g’ri yo’lkadan burilishga kirib borishda va aksincha, 
burilishdan to’g’ri yo’lkaga chiqishda yugurish 
Uslubiy ko’rsatma. Burilishda shug’ullanuvchining harakati 
erkin bo’lish kеrak. Aylana radiusini kichraytirib, 10-15 m gacha 
kеltirish mumkin. Gavdaning aylana ichkarisi tomon engilish darajasi 
burilish radiusi qanchalik kеskin ekan va yugurish tеzligiga bog’liq. 
Burilish radiusiga qarab yugurish tеzligi yuqori bo’lsa, gavda shuncha 
ko’p egiladi. 
4-vazifa. Yuqori start tехnikasini va start tеzlanishini o’rgatish. 
Vositalar: 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 88 ~ 
1. Yuqori startdan yugurishni ko’rsatish. 
2. Startga! komandalarini bajarish. 
3. Diqqat komandalarini bajarish. 
4. Marsh! komandasidan kеyin 20-30 m ga yugurish. 
5. Startdan kеyin start tеzlanishiga, undan kеyin esa erkin 
yugurishga o’tish. 6. Burilish boshlanishida yukori startdan chiqishni 
bajarish. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling