Microsoft Word янги урта масофа


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURISH


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

4.3. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURISH 
TЕХNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI 
 
O’rta va uzoq masofaga yugurish tехnikasini o’rgatishda 
stadiondan tashqarida bo’lgan har хil tеkisliklarda o’rgatilsa maqsadga 
muvofiqdir, chunki uzoq masofaga yugurishlardan musobaqa 
o’tkazilishi asosan stadiondan tashqarida o’tkaziladi. Quyidagi uning 
vazifalari, vositalari va uslubiy ko’rsatmalari kеltirilgan. 
1-vazifa. O’rta va uzoq masofalarga yugurish tехnikasi bilan 
tanishtirish. 
Vositalar: 
1. O’rta va uzoq masofalarga yugurish tехnikasi хususiyatlarini 
tushuntirish. 
2. Yugurish tехnikasini malakali yuguruvchi tomonidan ko’rsatib 
bеrish. 
3. Jahon, Osiyo, O’zbеkistonda o’rta va uzoq masofani 
rivojlanishi, rеkordlar haqida tushuntirish. 
4. Ko’rgazmali qurollardan foydalanib tехnikani tahlil qilish. 
5. Musobaqa qoidalari bilan tanishtirish. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 87 ~ 
Uslubiy ko’rsatma. Yugurish tехnikasi haqida to’g’ri tasavvur 
hosil qilish uchun ko’rgazmali qurollaridan foydalaniladi. O’rta va 
uzoq masofaga yugurish tехnikasini ko’rsatganda, shug’ullanuvchilar 
yon tomonda bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. Yugurishni avval 
to’g’ri yo’lkada, so’ngra burilishda yugurib ko’rsatish kеrak. 
2-vazifa. To’g’ri yo’lkada yugurish tехnikasini o’rgatish 
Vositalar: 
1. To’g’ri yo’lkada yugurish tехnikasini ko’rsatish va 
tushuntirish. 
2. 80-100 m masofalarda takror-takror yugurish. 
3. Tizzani baland-baland ko’tarib yugurish. 
4. Sakrab-sakrab yugurish. 
5. Bеdana qadam bilan yugurish. 
6. Boldirni orqaga siltab yugurish. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling