Microsoft Word янги урта масофа
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-vazifa.
- Uslubiy ko’rsatma.
- 4.4. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILARNING MAXSUS MASHQLARI
Uslubiy ko’rsatma. Yuqori startdan chiqishni har хil holatdan
sportchi o’ziga-o’zi komanda qilib chiqish. O’rgatish jarayonida - Starta komandasini bajarish va marsh komandasi bilan chiqishni o’rganish. Yuqori startdan start olgandan so’ng 15-20 m gacha sportchi gavdasi to’g’rilanib boradi. Startdan chiqish tехnikasini tuzatish uchun maхsus tayyorlov mashqlaridan foydalanish lozim. 5-vazifa. O’rta va uzoq masofaga yugurish tехnikasini shakllantirish. Vositalar: 1. Maхsus yugurish mashqlarini bajarish. 2. 100-300 m ga takrorlash. 3. 400 m ga tеzlikni o’zgartirib yugurish. 4. Yuqori startdan 400-800 m ga yugurib masofa oхirida tеzlanish. 5. Musobaqalarda ishtirok etish. Uslubiy ko’rsatma. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar masofani bosib o’tishda ko’proq ortiqcha kuch sarflaydilar. Shu bois o’rgatish jarayonida maхsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi mashqlar uslubiyatidan foydalanish kеrak. Bundan tashqari, maхsus yugurish mashqlarini har bir mashg’ulotda takrorlanib turilsa ham tеjamli va chiroyli yugurish tехnikasiga ega bo’ladi. Yugurish joyida yon tomonga tеbranishga yo’l qo’ymaslik lozim. Qo’l va еlka harakat rеjimiga e’tibor bеrish. 4.4. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILARNING MAXSUS MASHQLARI Irsiy jihatdan uzatiluvchi (genetik belgilanuvchi) holat hisoblangan – yuguruvchilarning harakatlanish apparati qisqarish xususiyati yuqoriligi va taklif qilinuvchi maxsus mashqlar yugurish tezligi oshirilishi vazifasini hal qilishni tezlashtirish imkonini beradi. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 89 ~ Yugurish tezligi, tezkorlik, oyoq va qo’l harakatlari amplitudasining yuqoriligi kuchga oid sifatlarning yorqin holatda (shu sababli unga erishish juda qiyin hisoblanadi) portlash tarzida aks etishiga bog’liq bo’lib, uning impuls ko’rinishida vujudga kelishi – birinchi yo’nalish sifatida o’rin tutadi. Bo’g’imlarda harakatchanlikda ishtirok etish jarayonida saqlanib qoluvchi zahira energiya maksimal tezlikka erishishda sarflanadi. Juda tezkor yugurishlarda va tezkor tarzda charchash, toliqish yuzaga kelish holatlarida bo’shashlarni (erkin harakatlanish) nazorat qilishni o’rganish juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. V.B.Popov (1993) tomonidan hisoblanishicha, kuchning vujudga kelishi va ta’sir ko’rsatishi musobaqalarga oid mashqlarning maxsus va mashg’ulotlarga tegishli shakllari natijasi samaradorligi bilan belgilanadi. V.B.Popov (1993) tomonidan qarab chiqiluvchi holatlar bo’yicha, yugurishda maksimal tezlikda yugurishni o’rganish va ushbu yo’nalishdagi sifatlarni rivojlantirish mashqlari bajarilishi turli xil amplituda qiymatlarida – ya’ni, maksimal qiymatda keng holatda minimal holatgacha, tezkor va juda tezkorlikda amalga oshirilishi talab qilinadi, biroq barcha holatlarda ortiqcha zo’riqishlarsiz amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan. 1. Baland ko’rinishda yarim o’tirgan holatda, oyoqlar elka kengligida yozilgan, qo’llar harakatda, yugurish holatidagi kabi tirsaklar qayrilgan, qo’llarga yuklama berilishi (gantel, ichiga qum, suv, tosh solingan plastik idishlar yordamida), zo’riqishlarsiz, navbat bilan, juda tez, biroq erkin holatda mashqni bajarish amalga oshiriladi. 2. Qadam tashlash holatida, to’g’ri holatdagi qo’llar bilan katta amplituda qiymatida harakatlanish, bunda asta – sekin ortib boruvchi chastotaga amal qilinib, amplituda qiymati biroz qisqartirilishi, shuningdek bukilgan qo’llar bilan, biroq maksimal chastotada va O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 90 ~ amplituda qiymati qisqartilishi holatida mashq bajariladi. 3. Qo’llar harakatda, yugurishdagi kabi tirsakdan qayrilgan holatda, elkada arg’imchoq yoki sochiq bilan, elkalar va qo’llarni silkitish va bo’shashtirish usullari oralig’ida harakatlar tempini asta – sekin maksimal darajasiga oshirish amalga oshiriladi. 4. Yugurishdagi kabi oyoqlar bilan harakat mashqi, bunda brusda qo’llar bilan yuqoriga tayanish, bir oyoq bilan harakatlar soni 10 – 20 s davomida qayd qilinishi amalga oshirilishi, har bir o’tishlar oralig’ida 3 – 5 minut dam olish belgilanadi. 5. To’siqda keng amplituda asosida to’g’ri holatdagi oyoqlar bilan harakatlanish, chastota ortib borishi va amplitudaning minimal qiymatgacha (45 o ) kamayib borishiga amal qilinadi. 6. 90° gacha amplituda qiymatida to’g’ri oyoqlar bilan harakatlanish, yugurishdagi kabi erkin harakatlar maksimal chastotasiga o’tish bilan birgalikda harakatlarni bajarish. 7. Yugurishdagi kabi osilgan halqada harakatlarni bajarish. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 91 ~ 8. Bunda ham halqada, biroq turnikda, boldir – tovon bo’g’imiga yuklama berilishi – og’irlashtirilgan oyoq kiyimi, og’ir tag qismiga ega, 0,5 – 2 kg og’irlikdagi qadama o’rnatilgan oyoq kiyimi yordamida mashq bajarish. 9. O’zgaruvchan temp bilan, skameykada ko’ndalang yotgan holatda, qo’llar bilan ushlab aylana harakatlarni amalga oshirish. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling