Mif va badiiy adabiyot munosabatlari


Hodi Zarif o’zbek folklorshunosligi asoschisi


Download 67.01 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi67.01 Kb.
#205672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ASAD FOLKLOR 52

Hodi Zarif o’zbek folklorshunosligi asoschisi.

Zarifov Xodi Tillayevich  (1905.20.03 - Toshkent - 1972.13.01) - o’zbek folklorshunosligi asoschisi. O’zbek xalq og’zaki ijodi asarlarining to’plovchisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), filologiya fanlari doktori (1965), proffesor (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlang’ich ta'lim olgan. Boku o’qituvchilar seminarida o’qigan (1923-1926). O’zbekistondagi maorif, va madaniyat muassasalarida ishlagan (1926-1930). Moskvadagi sobiq  Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida ilmiy xodim (1930-1931), O’zbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti etnografiya sho’'basi boshlig’i (1931-1934), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi  Til va Adabiyot institutida folklor bo’limi mudiri (1934- 1939; 1956-1965; 1960-1972), direktor (1944-1948), direktor o’rinbosari (1955-1962), ensiklopediya bo’limi boshlig’i (1965-1968), Navoiy ko’rgazmasi (Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi) ning birinchi direktori (1939-1956), Sharq qo’lyozmalari (Sharqshunoslik) institutining direktor o’rinbosari (1943-1944), Navoiy ijodini o’rganish qo’mitasining ilmiy kotibi (1957-1972). Zarifov Xodi o’zbek xalq baxshilaridan «Yusuf bilan Ahmad», «Yodgor», «Ravshan», «Rustamxon», «Ochildov» kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qo’shiq va maqollar, dialektologiya  oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar to’plagan. Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Nurmon Abduvoy o’g’li, Abdulla Nurali o’g’li, Xolyor Abdukarim o’g’li, Ahmad baxshi Matnazar o’g’li, Bola baxshi kabi xalq san'atkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. O’zbek eposi masalalari, baxshilik san'ati, xalq shoirlarining epik repertuarining g’oyaviy-badiiy mundarijasi, o’zbek folklorshunosligining asosiy taraqqiyot yo’llarini tadqiq etishga alohida e'tibor bergan. Zarifov Xodi o’zbek folklorshunosligida o’z maktabini yaratdi. O’zbek adabiyoti tarixi, dialektologiya, leksikologiya,  arxeologiya masalalariga oid ilmiy ishlar muallifi («Lug’at ham termin to’plovchilarga qo’llanma», 1934; «Lutfiy va Navoiy», 1948; «Folklor va arxeologiya materiallarini qiyosiy o’rganishga doir», 1958 va boshqalar).Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi o’zbek folklori bo’limiga Zarifov Xodining yodgorlik byusti (muallif A. Shoymurodov, 1984) qo’yilgan. Toshkent ko’chalaridan biriga uning nomi berilgan.


Hodi Zarif oʻzbek xalq baxshilaridan “Yusuf bilan Ahmad”, “Yodgor”, “Ravshan”, “Rustamxon”, “Ochildov”, “Malika ayyor”, “Jizzax qoʻzgʻoloni” kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qoʻshiq va maqollar, dialektologiya va etnografiyaga oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar toʻplagan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Xolyor Abdukarim oʻgʻli, Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli, Bola baxshi kabi xalq sanʼatkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan.
Hodi Zarif (Zarifov Hodi Tillayevich) (1905.20.3 — Toshkent — 1972.13.1) — oʻzbek folklorshunosligi asoschisi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlarining toʻplovchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), filol. fanlari dri (1965), prof. (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlangʻich taʼlim olgan. Boku oʻqituvchilar seminariyasida oʻqigan (1923—26). Oʻzbekistondagi maorif, va madaniyat muassasalarida ishlagan (1926—30). Moskvadagi sobiq Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida ilmiy xodim (1930—31), Oʻzbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti etnografiya shoʻbasi boshligʻi (1931—34), Oʻzbekiston FA Til va Adabiyot in-tida folklor boʻlimi mudiri (1934— 39; 1956—65; 1960—72), direktor (1944—48), direktor oʻrinbosari (1955—62), ensiklopediya boʻlimi boshligʻi (1965—68), Navoiy koʻrgazmasi (Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi)ning birinchi direktori (1939—56), Sharq qoʻlyozmalari (Sharqshunoslik) institutining direktor oʻrinbosari (1943—44), Navoiy ijodini oʻrganish qoʻmitasining ilmiy kotibi (1957—72).

Hodi Zarif oʻzbek xalq baxshilaridan “Yusuf bilan Ahmad”, “Yodgor”, “Ravshan”, “Rustamxon”, “Ochildov”, “Malika ayyor”, “Jizzax qoʻzgʻoloni” kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qoʻshiq va maqollar, dialektologiya va etnografiyaga oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar toʻplagan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Xolyor Abdukarim oʻgʻli, Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli, Bola baxshi kabi xalq sanʼatkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. Oʻzbek eposi masalalari, baxshilik sanʼati, xalq shoirlarining epik repertuarining gʻoyaviybadiiy mundarijasi, oʻzbek folklorshunosligining asosiy taraqqiyet yoʻlla rini tadqiq etish ga alohida eʼtibor bergan.

Hodi Zarif oʻzbek folklorshunosligida oʻz maktabini yaratdi. Oʻzbek adabiyoti tarixi, dialektologiya, leksikologiya, etnografiya va arxeologiya masalalariga oid ilmiy ishlar muallifi (“Lugʻat ham termin toʻplovchilarga qoʻllanma”, 1934; “Lutfiy va Navoiy”, 1948; “Folklor va arxeologiya mate riallarini qiyosiy oʻrganishga doyr”, 1958 va b.). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi oʻzbek folklori boʻlimiga Hodi Zarifning yodgorlik byusti (muallif A. Shoymurodov, 1984) qoʻyilgan. Toshkent koʻchalaridan biriga uning nomi berilgan.




  1. Download 67.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling