Mikotoksikozlar
Download 24.72 Kb.
|
Mikotoksikozlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikotoksikozlar
- Profilaktikasi.
Mikotoksikozlar (yun. mykes zamburugʻ va toxikon — zahar) — chorva mollarida uchraydigan zaharlanish.Mikotoksikoz zamburugʻlar zahari (toksinlari) bilan zararlangan ozuqalarni yeyishdan paydo boʻladi. Kasallik toʻsatdan paydo boʻlishi, ommaviy tarqalishi, inkubatsiya davrining qisqaligi, yuqmasligi bilan tavsiflanadi. Mikotoksikoz kuzda yoki qishdan keyin gʻallagulli oʻtlar yigʻishtirib olinmagan, oʻsimliklar nobud boʻlgan yaylovlarda bahorda mol boqilganda, molxonada boqish davrida esa molga nam yem-xashak berilganda paydo boʻlishi mumkin. Mikotoksikozda mollarning barcha organ va sistemalari zararlanadi. Mikotoksikozning ogʻir va klinik kechishi organizmga tushgan mikotoksin miqdoriga, ozuqaning zaharlilik darajasiga, mikroorganizm xususiyatlariga bogʻliq. Toksinlarning turiga koʻra, kasallangan (zaharlangan) hayvonlarda qon hosil boʻlishi izdan chiqadi, yurakqon tomir, nerv sistemasi, nafas olish, siydik ajratish organlarining faoliyati buziladi. Oʻrganilgan mikotoksikoz mustaqil nozoologik birliklarga ajratilgan boʻlib, zaharlovchi zamburugʻning turi yoki avlodi nomi bilan yuritiladi. Davolash: simptomatik terapiya, antibiotiklarni qoʻllash. Oldini olish: zaharli yoki zaharlangan ozuqani ratsiondan chiqarish. Mikotoksikozlar Ovqat mikotoksikozlari asosan surunkali kasallik bo‘lib organizmga ovqat mahsulotida don va don mahsulotlarida ko‘paygan mikroskopik zamburug‘larning hayot faoliyati mahsulotlarni to‘kishi natijasida paydo bo‘ladi. Mikrotoksikozlarga aflotoksikozlar, alimenter toksik aleykiya (septik angina), ”achigan non” dan zaharlanish va ergotizm kiradi. Alimentar toksik aleykiya (septik angina) ovqatda qor tagida qolib qishlab qolib ketgan donni iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladi. Erta bahordan qorlar erigandan oftob nuri ta’sirida dalalardagi donda nam va issiq muxit hosil bo‘lib bu Fuzarium sporotichiellavarlar turkumidagi zamburug‘ning ko‘payishiga imkon beradi. Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxirida yozning boshlarida zaxarlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilingandan 1-3 hafta keyin kuzatiladi. Aleykiya kasalligining boshlanishi qon paydo qiluvchi a’zolar faoliyati buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida qonda leykopeniya xamda qon tanachalarining hosil bo‘lishida depressiya (trombopeniya, gipoxrom anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsitlarning miqdori 1 mm3 -1000 va undan kam, eritrotsidlarning soni 18.00000 gacha kamayishi mumkin. Terida gemoragik toshmalar paydo bo‘ladi. Tomog‘ning difterik yallig‘lanishi bilan birga og‘ir angina paydo bo‘ladi. Ba’zi vaqtlarda kasallik belgisi (noxushlik, og‘iz burishishi, yutishning qiyinlashishuvi, sal bo‘lsada ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi) kuzatiladi. Profilaktikasi. Dalada qor ostida qolib ketgan donlarni ovqatda iste’mol qilmaslik kerak. G‘allani yig‘ish va almashtirish punktlari tashkil qilinadi. Qishda qolib ketgan don boshoqlari bo‘lgan dalani erta haydash tavsiya etiladi. Download 24.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling