De-Broyl gipotezasi. Yorug‘likning interferensiya va difraksiya hodisalarini hosil qilishi, uning to‘lqin xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Yorug‘likning fotoeffekt, kompton effekti hodisalarda ko‘rinishi esa uning korpuskulyar (zarra) xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yorug‘likning bir vaqtda ham to‘lqin ham korpuskulyar xususiyatlarga, ya’ni to‘lqin-zarra dualizm xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu xususiyatlar bir-birini istisno qilmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi. Yorug‘likning ham to‘lqin ham korpuskulyar xususiyatga ega bo‘lishligi uzoq vaqtlargacha sezilarli bo‘lmadi. Elektromagnit to‘lqinlarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligi aniqlangandan so‘ng moddiy zarralar ham to‘lqin xususiyatiga egami, degan savol tug‘iladi. Bu savolga kvant mexanikasi nazariyasining asoschilaridan biri fransuz fizigi Lui de-Broyl javob berdi. De-Broyl dualizm faqat optik hodisalarga xos xususiyat bo‘lmay, balki universal ahamiyatga ega, degan fikrni ilgari surdi.
Korpuskulyar manzarada zarra E energiya va P impuls bilan xarakterlanadi, to‘lqin manzarada chastota va to‘lqin uzunligi bilan aniqlanadi. Agar to‘lqin va zarra manzaralar bitta namunaning turli jihatlari bo‘lsa, u holda ularni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi bog‘lanish quyidagi munosabatlar orqali ifodalanadi:
, (3.1)
, (3.2)
yoki
, (3.3)
. (3.4)
Bu formulalarda h – Plank doimiysi, h=6,6210–34Js yoki
,
P – zarra impulsi, E – zarra energiyasi, – doiraviy chastota, =2; – chiziqli chastota, – de-Broyl to‘lqin uzunligi, k – to‘lqin vektori.
Tinchlikdagi massasi nolga teng bo‘lmagan zarralar uchun de-Broyl to‘lqin uzunligi
. (3.6)
Shunday qilib, de-Broyl gipotezasini quyidagicha ta’riflash mumkin: m massa va E energiyaga ega bo‘lgan moddiy zarra korpuskulyar xususiyatga ega bo‘lishi bilan birga to‘lqin xususiyatiga ham egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |