Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet114/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Bakteriologik usul. Olingan biologik ashyo-najas qusuq. meda chayindi suvi. qon. peshobni ditTerensial - diagnostik muhitlarga Ploskirev muhiti. Endo muhiti. \ ismut-sulfu agar, ramnozali muhit. Shtern muhitiga ekiladi, termostatda 37 С ga 18-24 soatga qo'yiladi zich oziq muhitlarda havo rangli. S-ko'rinishli. kattaligi 2-4 mm bo'lgan. yaltiroq koloniyalar hosil qiladi. qiya qotirilgan agarga ekib. sof kultura ajratib olinadi. barcha xususiyatlari bo'yicha turigacha identifikatsiya qilinadi.

3.Serologik usul. Serologik usul vordamida bemor qonida antitelalar bor yo'qligi aniqlanadi. Antitelalar qonda kasallikning 5-7 kunlaridan boshlab paydo bo'lib. keyin titri ortib boradi. Buni aniqlab olish uchun 1 haftadan so'ng agllyutinatsiya. Vidal reaksiyasi va passiv gemagglyutinat­siya reaksiyasini qo'yish mumkin. buning uchun laboratoriyaga 1 ml qon jo'natiladi.
Aglyutinatsiya reaksiyasi zardob 1:100, 1:160 va bundan ortiq nisbatda suyultirilganda musbat deb hisoblanadi.
Salmonellalarni aniqlash maqsadida immunoflyuoressent, polimeraza zanjir reaksiyasi usulidan ham foydalaniladi.
Tashxis klinik dalillarga va to'plangan epidemiologik anamnez va labo­ratoriya tekshirishlarga asoslanadi. Bakteriologik tekshirish uchun imkoni boricha davolashni boshlandan oldin bir qadar erta muddatlarda quyidagilar:

  1. 10 ml qon - bilak venasidan olinib, 50-100 ml o‘t suyuqligiga yoki Rappoport muhitiga ekiladi. quruq massasi 50-100 gram, me’da yuvilgan


217




suv 100-200 ml steril bankalarga, najas 4-5 gram glitserin aralashmasi solingan steril probirka. siydik 20-50 ml steril probirka yoki shisha idish­ga olinadi.
Septik shaklda laboratoriyaga ikkilamchi o'choqlardan olingan yiring yuboriladi. Bundan tashqari, laboratoriyaga shubha qilingan ovqat mahsu­lotlari qoldiqlari 50-60 gramm har xil joydan olinib, steril shisha idishga solib jo‘natiladi.
Qorin tifi va paratif qo‘zg‘atuvchilarining laboratoriya tashxisi Qorin tifi kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Enterobac- teriaceae oilasi, Salmonella avlodi. Salmonella typhi
Qorin tifi, paratif A va В bakteriyalarini qondan ajratib olish Birinchi kun. Gemokultura olish uchun bemor harorati yuqori boMgan vaqtda aseptika qoidalariga rioya qilgan holda vena tomiridan 5—10 ml qon olib, 10—20% ini o‘t suyuqligi tashkil qiladigan 50-100 ml miqdoridagi bu­longa yoki Rapoport oziq muhitiga ekiladi, bunda oziq muhitning miqdori ekiladigan qon miqdoridan 10 barobar ko‘p bo‘lishi kerak. Tif paratif bak­teriyalarini o'stirib olishda qonni Klodnitskiy oziq muhitiga ekilsa ham yuqori o‘stirish darajasiga ega bo‘lish mumkin. Ekmani 18-24 soatga 37°C haroratda termostatga inkubatsiya qilinadi.
Ikkinchi kun: Ertasi kuni ekmani termostatdan olib ko‘riladi. Tif paratif bakteriyalari ko‘payishi Rapoport oziq muhitida 18-24 soatdan keyin kuzatiladi. Bunda flakondagi oziq muhitning rangi sarg‘ish rangdan qizg‘ish rangga o‘zgaradi oziq muhit rangining o‘zgarishiga sabab tif paratif mikroorganizmlari oziq muhit tarkibidagi glyukoza yoki mannitni kislota hosil qilib parchalashi Andrede indikatorini tiklash natijasidir. Agar Salmonella typhi bo‘lsa flakondagi oziq muhit yuzasida gaz pufakchalari hosil bo'lmaydi. Salmonella paratyphi A yoki В bo‘Isa oziq muhit yuzasida gaz pufakchalari bo‘ladi.
Flakondagi ekmada yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar kuzatilishidan qat’iy nazar bakteriologik halqa yordamida flakondagi ekmadan olinib Endo, Ploskirev va vismut sulfit agarga ekib 37°C haroratda termostatga qo‘yiladi. Endo oziq muhitida Salmonella tiniqroq nafis koloniyalar hosil qilib o‘sadi. Ploskirev oziq muhitida rangsiz zich koloniyalar hosil qilib o‘sadi. Ularning farqini esa vismut sulfit agarida ko‘rish mumkin. 24 soatdan keyin Salmonella typhi va Salmonella paratyphi В qora metall shu’lalinishi bor qo‘rg‘oshin rangida va tagi qoraygan koloniya xosil qilsa, Salmonella typhi A esa ochroq, ko‘kimtir nafis koloniyalar hosil


218




qilib o'sadi. Agarda flakondagi ekmadan oziq muhitlarga ekilgandan keyin oziq muhitlarda o‘sish kuzatilmasa flakon tashlab yuborilmaydi, aksincha

  1. 3, 5, 7, 10 kungacha 37°C haroratli termostatga qo‘yilib qayta-qayta oziq muhitlarga ekib tekshiriladi. 10 kundan keyin ham oziq muhitlarda xarakterli koloniyalar kuzatilmasa unda flakondagi ekma tashlab yuborilib manfiy natija yozib beriladi va tekshirish to‘xtati!adi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling