Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet40/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Ishqoriy agar (IA). Qattiq muhit: oziqli agar. pH 7.8. Oldingi muhitga o‘xshash, vabo vibrioniga elektiv hisoblanadi.
Myuller muhiti. Tif-paratif bakteriyalar uchun elektiv hisoblanadi, chunki ular ichak tayoqchasiga nisbatan tetrationat natriyga (bu birikma oziqli bulonga Lyugol eritmasi va natriy giposulfit qo‘shilganda hosil bo‘ladi) deyarli chidamli.
Tuxum sarig‘ining tuzli arari (TSTA). Muhitning tarkibida natriy xiorid yuqori konsentratsiyada (8-10%) bo‘ladi. Bu esa, stafilokokkning o‘sishi uchun to‘sqinIik qilmay, balki muhitni shu mikrob uchun elektiv holatga keltiradi. Muhit letsitovitellaza hosil qiladigan stafilokokklarni shunday ferment ajratmaydigan stafilokokklardan farq qilishga yordam beradi. Shu muhitda letsitovitellaza musbat mikrob koloniyalari atrofida sadaf rangli halqa hosil bo‘ladi (ferment tovuq tuxumi sarig‘idagi letsitini parchalaydi, shuning uchun eritilgan va 45°C gacha sovitilgan oziqli, tuzli agarga tuxim sarig‘i qo‘shiladi).


80


Differensial-diagnostik muhitlar


Giss muhiti. 1% li peptonli suvga 0.5% uglevodlardan biri alohida- alohida (glyukoza. laktoza. maltoza, mannit va boshqalar) va Andrede indikatori (NaOH ning 1 gram, eritmasidagi nordon fuksin) qo‘shiladi. So'ngra probirkalarga quyilib. ichiga po4kak (uzunligi 3 sm bo‘lgan shisha naycha, uning bir tomoni berk) solinadi. Po'kak shisha naycha uglevodlarning parchalanishi natijasida hosil bo'ladigan gazsimon mahsulotlarni yig‘ish maqsadida solinadi. Oquvchan bug4 yoki 0,5 atm bosimidagi bug4 bilan sterillanadi; bunda-po'kak oziqli muhit bilan to4Iadi. Muhit 7,2—7.4 pH da rangsiz bo'lib, uglevodlar parchalangandan so4ng qizil tusga kiradi.
Sanoatda uglevodli, VR-indikatorli (suvli havorang bo'yoq va rozol kislota aralashmasi) yarim suyuq muhitlar kukun shaklida paketlarda ishlab chiqariladi. VR-indikatori neytral reaksiyali muhitda rangsiz bo*lib, nordon muhitda ko4k, ishqoriy muhitda esa qizil rangga aylanadi. Hosil bo’ladigan gaz yarim suyuq agar ustunchasini parchalab yuboradi.
Endo muhiti. Kukun shaklda paketlarda chiqariladi. U quritilgan oziqli agar, 1% li laktoza va indikator - asosiy fuksin, rangsizlantirilgan natriy sulfitdan tashkil topgan. Ishlatishdan oldin ma’lum miqdordagi kukun distillangan suvga solinadi. qaynatiladi, so*ngra Petri kosachalariga quyiladi. Yangi tayyorlangan muhit rangsiz yoki oq pushti rangli bo4ladi.
Laktoza musbat bakteriyalarning koloniyalari metallga o‘xshab yaltiraydigan, to'q-qizil rangga bo'yaladi: laktozamanfiy bakteriyalar esa rangsiz koloniyalarni hosil qiladi, chunki fuksin ma'lum muhitning pH da rangsiz bo4Isa, laktoza parchalanishi natijasida hosil bo'lgan kislota muhitning pH ni nordon tomonga o'zgartiradi va fuksin natriy sulfitdan ajralib qizaradi, bu esa bakteriya koloniyasining qizil rangga bo4yalishiga olib keladi.
Levin muhiti. Kukun ko'rinishida paketlarda chiqariladi. U quritilgan oziqli agar bilan laktoza, K,NR04, metilen ko‘ki va eozindan tashkil topgan. Endo muhiti kabi tayyorlanadi. Muhit to*q-binafsha rangda bo'ladi. Laktoza musbat bakteriyalar to‘yingan, havo rangli, laktoza manfiylar

  • rangsiz koloniyalarni hosil qiladi. Buning mexanizimi ham Endo muhitidagi kabi kislota hosil bo‘lishiga asoslangan. Laktoza parchalansa muhitning pH nordon tomonga surilish natijasida muhitning to‘q binafsha rangi o‘zgarib metilin ko‘ki ta’sirida koloniya to‘q havo ranggiga kiradi. Masalan, ichburug4 qo*zg‘atuvchilari laktozani parchalamaydi, muhit


81




Tekshirilayotgan
material

Qo‘lIanilayotgan
muhitlar

Ekish tartibi

Chipqon, flegmona yaralaridan yiring, to'qima suyuqligi

QA, Qandli bulon, Endo, Saburo muhiti

Material gomogenizatsiyalanadi va 10—20% fosfat buferida yoki peptonli suvda suspenziya tayyorlanadi va ekiladi.

Siydik

QA, Qandli bulon, Endo, Saburo muhiti

0,002 ml. Gold usulida ekiladi

Balg‘am va bronx yo‘llari yuvindisi

QA, qandli bulon. SHA, Ploskirov, Saburo muhitlari

Tuginchalari bo‘Isa gomogenizatsiya qilinadi, ekiladi.

Tamoq burun halqumdan olinean surtma

QA, ShA, sut yoki tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agar

Meningokokk yuqumli kasalligiga shubha qilinsa ShA qoMlaniladi.

Najas

Endo. Ploskirov, VSA, Saburo muhitlari, QA

Material gomogenizatsiyalanadi va 10% fosfat buferida yoki peptonli suvda suspenziya tayvorlanadi va ekiladi.


82





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling