Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet41/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Qin va uretra ajralmasi

QA. Endo. Saburo

10 % fosfat buferida yoki peptonli suvda suspenziya tavvorlanadi va ekiladi.

Assit. orqa miya va to'qima suvuciliklari

QA. ShA. tioglikolli bulon

Material oldin sentrifuga qilinib. keyin ekiladi.

Ko‘z, quloqdan olingan ajralma

QA. ShA. tioglikolli bulon. Saburo muhiti

Ekilgandan so'ng, tioglikolli bulonda qoldiriladi


Eslatma. QA-qonli agar; ShA -shokoladli agar; VSA-vismut sulfid agar.


Hammasi aralashtirilib pH 7,2—7,4 ketirilib probirkalarga quyiladi va

  1. 5 atmosferada avtoklavda sterilizatsiva qilinadi. Muhitni probirkada qiyalantiriladi uning ustunchasi 2-3 sm bo‘lishi zarur. Muhit oqish binafsha rangda bo’ladi. Bakteriyalar uglevodni pachalasa kislota hosil bo'ladi. muhitning rangi sariq samon rangiga kiradi. Agar glyukozani parchalasa, faqat ustunchaning rangi o'zgaradi, qiyalantirilgan qismi qizaradi. Bakteriyalarda ureaza fermenti bo‘lsa, mochevina parchalanadi muhit ishqoriy tomonga suriladi va muhit qizarib ketadi. Shuning uchun ureaza musbat bakteriyalarda uglevodlaming parchalanganlik natijalari bu muhitda o'rganib boMmaydi. bunday holatlarda boshqa muhitlar qo'llash tavsiya etiladi. Hozirgi kundabumuhitlarningmodifikatsiyalari chiqarilgan. Masalan Kliger muhiti. Bu muhitda yuqoridagi xususiyatlardan tashqari temir sulfati qo‘shiladi. Bakteriyalar N,S hosil qilsa. muhit ustunchasi qorayadi.

Patologik materiallami oziqli muhitlarga ekish texnikasi
Bakteriologik qovuzloq ekish uchun eng qula> asbob hisoblanadi. Bundan tashqari, sanchib ekish uchun maxsus bakteriologik igna. Petri kosachasiga ekish uchun - metalldan yoki shishadan tayyorlangan shpatellar qo‘llaniladi. Suyuq materiallami ekish uchun qovuzloq bilan bir qatorda paster va graduirlangan pipetkalar ishlatiladi. Paster pipetkalari terillangan, oson eriydigan shisha naychalaridan olovdaqizdirilib, kapillyar shakliga kelgunga qadar tortilib tayyorlanadi. Steril holatni saqlash uchun kapillyarning oxiri olovda tezda eritilib berkitiladi. Paster va gradiurlangan pipetkalarning ikkinchi. ya’ni keng tomoni paxta tiqin bilan berkitiladi. so‘ngra ular maxsus idishga (penallarga) joylashtiriladi yoki qog‘oz bilan okrab sterillanadi. Bakteriya kulturasini qayta ekishda probirka chap qo‘lga


83




olinadi. O'ng qcfl bilan gorelka alangasi ustida paxtali probka olinadi. Qovuzloq bilan ekiladigan material olinib. so'ngra probirka probka bilan yopiladi. Shundan so'ng qiyalantirilgan agarli probirkaga qovuzloq bilan ekiladigan material kiritiladi va muhitningpastki qismidagi kondensatgacha tushiriladi. Ilon izi harakati bilan qiyalatib qo'yilgan agar yuzasida material taqsimlanadi. Qovuzloq olingach, probirkaning og'zi qizdiriladi va probka bilan berkitiladi. Qovuzloq gorelka alangasida sterillanadi va shtativga qo^yiladi. Ekilgan probirkalarga ekilgan vaqti. materialning xarakteri (tekshirish nomeri yoki kulturaning nomi) yoziladi. Pipetka bilan ishlash vaqtida avvalo uni qog‘ozdan ajratib olinadi yoki penaldan chiqariladi. Tezlikda gorelka alangasi ustidan o'tkaziladi va probirkaga kiritiladi. So‘ngra uning ichki tomoni sovutiladi. Shundan so'ng rezinali nokcha orqali, yuqorida yozilgan qoidaga amal qilgan holda ekiladigan material kerakli miqdorda soTib olinib, probirkadagi yoki boshqa laboratoriya idishidagi oziqli muhit ustiga tomiziladi. Mikrob kulturasini rezinali nay yoki rezinali nokcha orqali so'rib olish xavfsizdir.






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling