Mikrobiologiya va


Bemordan biologik ashyo olish qoidalari


Download 1.89 Mb.
bet57/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Bemordan biologik ashyo olish qoidalari

  1. Venapunksiya qilib qon olish. Qonni asseptika qoidalariga rioya qilgan holda bilak venasidan 5-10 ml miqdorda olinadi. Buning uchun bemor agar ahvoli shuni taqozo etsa, kursiga o'tqaziladi. Bemorni qo‘li bilagi yoyilgan holda stol ustiga qo'yiladi. Venoz qon oqimini to'xtatish uchun bemor tirsak bo'g'imidan yuqoriroqqa rezena jgut qo'yilib qisiladi. lekin bunda arterial qon aylanishi buzilmasligi kerak. Buning uchun panja arteriyasida tomir urishi bor yoki yo'qligi tekshirib ko‘riladi. Jgut qo'yilgach, terining qon olinishi kerak bo'lgan joyi 70% li etil spirti bilan zararsizlantiriladi.

Agar bemor venasiga katetr qo'yilgan bo'Isa, undan foydalanish mumkin, qonning biroz qismi steril probirkaga oqizilib so'ngra .qon shpritsga toMdiriladi. To'liq bakteriologik tekshirishlar o'tkazish uchun

  1. 20 ml qon olinib, shu zahoti bemoming to‘shagi oldida mikroorganizm o‘stiriladigah sUn4y oziq muhitlarga ekiladi.

Qalin tomchi’* usulida tekshirish uchun shprits yoki bir martali sistemadan buyum oynachasiga bir tomchi tomizilib. xona havosida quritiladi, keyin esa metil spirti yoki Nikiforov aralashmasida mustahkamlanib, metilin ko'kining, spirt suvli eritmasida yoki Romonovskiy Gimza usulida bo'yaladi.


110




  1. Barmoqdan qon olish. Kam miqdordagi qonni barmoqdan ham olsa bo'ladi. Buning uchun nomsiz barmoqning uchi efirli va spiitli paxta bilan yaxshilab artilib. yog’sizlantiriladi. quritiladi. Chunki. nam terida qon yoyilib ketadi va uni vig'ishning iloji bo'lmaydi. Qo'l sovuq qotgan bo'Isa, unda qon olinadigan barmoq 45—50 CC dagi iliq suvda bir necha daqiqa ushlab turiladi. 70%li etil spirt bilan ishlov berilgach, chap qoMning katta va ko'rsatkich barmoqlari yordamida qon olinadigan barmoq kesilib.olinadigan qonning miqdoriga va bemor barmog'i terisining qalinligiga qarab, skarifikator yordamida 2-3 mm chuqurlikda teshiladi. Shundan so'ng barmoq. qisiladi va teshilgan joydan qon olinadi. Alohida tomchilar shaklida oqayotgan qon steril agglyutinatsion probirkaga vig'iladi. Yetarli miqdorda qon olingach. teshilgan joyga yod surtiladi. paxta qo‘yilib, barmoq bilan kaftga bosib turiladi.

  2. Qon zardobini olish. Laboratoriyada tekshirish uchun olingan qon quyilgan steril probirka paxta dokali tiqin bilan berkitiladi, keyin esa termostatga yoki suvli hammomga (37°Cda) 20—30 daqiqa qo‘yiladi. Chunki, issiqda qon ivishi va tez quyilish xususiyatiga ega. Quyilish paytida qon quyilmasi ko'pincha probirka devoriga yopishib qoladi. Shuning uchun steril shisha tayoqcha yoki steril Paster pipetkasi yordamida aylanma harakat qilib, probirka devoridan ajratiladi, so‘ng muzlatkichga (+4 °C ga) qo'yiladi, 3-4 soat davomida zardob butunlay ajralib qoladi va uni Paster pipetkasi yordamida so‘rib olish mumkin. Bu jarayon davomida pipetkaning uchi qon quyilmasiga tegmasligi kerak, chunki bunda zardobga eritrotsitlar tushib qolish ehtimoli bor. Bunday hoi ro‘y bersa, unda zardob 2000 ayl. tezligida sentrifuga qilinadi. Shunda qonning shaklli elementlari cho'kmaga tushadi. Qonda, ovqatlangach, lipidlar miqdori ko‘payib ketadi va ular zardobga chiqib. uni xiralashtiradi. Buning oldini olish uchun qon bemor och bo‘lganda olinadi.

  3. Orqa miya suyuqligini (likvor) olish. Bakteriologik tekshirishlar uchun asosan punksiya yoki miyaning oshqozonchalarini punksiya qilish yordamida orqa miya suyuqligi olinadi. U antibakterial davolash boshlanguncha olinishi lozim. Orqa miya suyuqligini shifokor olishi shart. Yangi olingan likvor ninasiz shpritsning o‘zidan spirt lampasi alangasi ustida steril sentrifuga probirkasiga 1-2 ml miqdorida quyiladi. Uni tekshirish uchun darhol laboratoriyaga jo‘natish shart. U yerda esa shu zahoti likvor sovib ulgirmasidan tekshirish muhimdir. Likvor mikrosopda ko'riladi va maxsus oziq muhitlarga ekilib, identifikatsiyalanadi.


Ill




  1. Og‘iz va burun bo‘sh!ig‘idan ashyo olish. Og'iz bo'shiig'idan ashyo olishda bemoming och bo'Iishiga e'tibor beriladi. Buning uchun steril paxta yoki qoshiqcha yordamida shilliq qavat yuzasidan yoki uning zararlangan joylaridan, soiak bezlarining og'iz bo*shlig‘iga ochilgan joylaridan, tilning yuzasida, agar uchrasa yaralaridan ashyo olinadi. Burun bo^hligldan ashyo olishda, burun teshiklari atrofidagi teri 70% li etil spirti bilan ho‘llangan paxta bilan artiladi. Keyin bo'shliq ichiga steril paxta tampon kiritilib. uning devorlarida shilimshiq olinadi.

  2. Tomoqdan ashyo olish. Bemor yorug’likka o'tqazilib, og’zi katta ochiladi. Shpatel chap qo4l yordamida og'izga kiritilib, til o'zagi shunday bosiladiki, bunda shpatelning og'izga kiritilgan tomoni. uni ushlab turgan tomonidan ancha past bo‘lishi kerak. O'ng qo l yordamida steril tampon ehtiyotkorlik bilan og'iz bo'shlig'iga kiritiladi. Halqumning orqa devori. tomoq bezlaridan shilliq olayotib, shilliq qavatning ko'rinib turgan. o;zgargan joylariga e’tibor beriladi.

  3. Qusuq olish. Qusuq keng bo'g'izli steril shisha idishga 25-50 ml miqdorida olinadi va toza qog'oz bilan berkitiladi. Qusuq ko'p bo' Imasligi mumkin, shuning uchun qusuq qaysi paytida bo'lishidan qat'iy nazar, darhol olinishi va tezda laboratoriyaga yuborilishi kerak.

  4. Oshqozon yuvilgan suvlarni olish. Keng bo'g'izli steril shisha idishlarga oshqozon yuvilgan suvdan 50—100 ml miqdorda olib, mahkam berkitiladi va tezda laboratoriyaga yuboriladi.

Oshqozon albatta qaynatilgan toza suvda yuvilib, muhit kislotali bo'lib qolmasligi uchun oshqozon yuviladigan suvga Na,Co3 qo’shiladi.

  1. Mikrobiologik tekshirishlar uchun siydik olish. Bakteriologik tekshirishlar uchun siydik bemordan ertalab olinadi. Buning uchun siydikning bir qismi chiqarib yuborilib. o‘rta qismidan steril shisha idishga 3—5 ml miqdorida olinadi. Oddiy tekshirish uchun siydik pufagi kateterizatsiya qilinmaydi, chunki bu siydik yo‘lining tashqi muhit mikroorganizmlari bilan ifloslanishga olib kelishi mumkin. Shuning lichun siydik namunasi olingan vaqtdan boshlab, to uning labaratoriyada tekshirish boshlanguncha xona haroratida 1-2 soatdan ko'p turmasligi kerak, muzlatkichda(+4+6°C) saqlanganda esa 24 soatdan kokp turmasligi kerak.

  2. Mikroblar bilan ifloslangan jarohatdan ashyo olish. Ashyoni shifokor asseptika qoidalariga amal qilib oladi. Undan oldin jarohatning atrofidagi sog‘lom teri steril paxta tampon yordamida spirt yoki boshqa 1


112





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling