Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet132/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

chiqaradi. Virus tovuq embrionida ko'paymaydi. Uni odam va mavmun embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko'paytiriladi. Bundan tashqari. odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Mela. KB. Vero va boshqalar) sitopatik ta'sir ko'rsatib ko'payadi. Natijada simplastlar. ya'ni ko‘p yadroli hujayralar hosil bo'ladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida atsidofil. yadrosida bazofil kiritmalar vujudga keladi. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib. QV tarkibida neyraminidaza uchramaydi.


L siu biy коrsa tmalar
Ekspress usullar. Bu usullar bilan gripp va boshqa resperator kasalliklar qo'zg'atuvchilariga 2-3 soat mabovnida taxminiy tashxis qo'yiladi.
Rinotsitoskopiya usuli. Gripp va boshqa respirator virusli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasida tez qo'zg'atuvchini aniqlash uchun qoilaniladigan ekspress usuldir. Kasal burninig pastki yuzasidan tamg'a -surtma olinadi.
Tamg'a — surtmalar quritilib. fiksatsiya qilinadi va Romonovskiv- Gimza yoki luksin. metilen ko'kida bo'yaladi. Silindrsimon epiteliy hamda degeneratsiya bo'lgan makrofaglar sitoplazmasida. leykotsitlarda qizil rangli keng konturli kiritmalar joylashgan bo'ladi.
Gripp virusining diagnostikasida rinotsitoskopik tekshirish, spetsifik usul bo'lmasa ham. grippning adenovirus kasalliklaridan ajratishga yordam beradi. Bunda hujayraning strukturasi buziladi, natijada yadrolar vakuollanishi va yadro ichida kiritmalar paydo bo'ladi. Adenoviruslar reproduksiyasida, epiteliy hujayralarida boshqa viruslardan farq qilib. xarakterli sitopatik o'zgarishlar ro'y beradi. ya'ni hujayralar yumaloqlashib. qatlamning chetida g'uj- g'uj holida (uzum shingilini eslatadi). to'planadi va kultura oyna (probirka) sathidan tez ko'chishi kuzatiladi. Paragripp viruslari esa hujayralarning bir birlariga biriktirishi oqibatida ko'p yadroli simplast hujayralari hosil bo'ladi. Respirator viruslar fibroblast hujayralarida sust rivojlanadi va bunda hujayra tez shishadi. natijada ularning yadrolari parchalaniladi. Adenoviruslar uchun epiteliy va fibroblastlar hujayralari yadro ichida kiritmalar paydo qilishi xarakterlidir.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling