Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet134/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Tekshirish uchun burun halqumdan suyuqlik va surtmalar, murdadan, shikastlangan o‘pka to‘qimasi, traxeya va bronxlaming shilliq qavatlaridan qirma olinadi. Tashxis qo‘yish uchun qo‘llaniladigan tezkor usullar: burun halqum shilliq qavatlarining epitelial hujayralaridagi virus antigenini aniqlashga asoslangan. Buning uchun burundan material olinib, surtma tayyorlanadi va IF usuli yordamida aniqlanadi (76-rasm).
Epidemiya yoki epidemiya oralig‘i davrlarida kasaldan ajratib olingan gripp virusining shtammlari ularning serologik tipini aniqlash uchun o'rganiladi.


253


I





76-rasm. Gripp virioni virus zarrachalarining sxematik tasviri. 1— Ribonukleoprotein: 2 — membranasimon qatlam: 3 — gemagglyutinin: 4 — lipid:
5 — neyraminidaza.


Virusni ajratib olish uchun burun halqum chayindisiga bakteriya mikroflorasini oMdirish maqsadida antibiotiklar qo’shib, 9-11 kunlik tovuq embrioniga yoki hujayra kulturasiga yuqtiriladi. Virus qaysi tipga kirishi KBR yordamida aniqlanadi. Gemmagllyutinin tipchasi GATR. neyraminidaza tipchasi esa neyraminidaza faoliyatini to'xtatuvchi reaksiya yordamida topiladi. Ajratib olingan viruslar GATR. NR. IF reaksiyalar yordamida maxsus immun zardoblardan foydalanib identifikatsiya qilinadi. Virus tiplari GATR yordamida spetsifik zardoblar to'plami bilan aniqlanadi.
Reaksiya natijasi gemagglyutinatsiyaning tormozlanishi bilan belgilanadi. Virus (A, В yoki C) KBR yordamida differensiatsiva qilinadi. A virusining kenja tipi HN,, H,Nr H;N,, H3N„ va boshqa antigenlar, gomologik tipga xos zardoblar to‘plamfyordamida (15-jadval) GATR da differensiatsiya qilinadi.
H-va N-antigenlarni identifikatsiya qilish uchun gemagglyutininga va neyraminidazaga qarshi olingan. maxsus monoretseptor zardoblardan foydalaniladi. Bunda H-antigenni GATR yoki immunpretsipitatsiya reaksiyasi yordamida gelda. N-antigenni esa. neyraminidazani neytrallovchi reaksiya va geldagi immunopretse-pitatsiya reaksiyasi yordamida idetifikatsiva qilinadi.


254





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling