Микроиктисодиёт


Download 392.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana20.06.2023
Hajmi392.83 Kb.
#1627270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish

Qisqa xulosalar
Iste'molchi ortiqchaligi  - iste'molchi tomonidan tovarga to'lashi
mumkin bo'lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o'rtasidagi
farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, iste'molchining tovar
uchun berishi mumkin bo'lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda
to'lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng. 
18


Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi  ishlab chiqaruvchi tomonidan
olingan umumiy manfaatni bildiradi. Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun
bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo'lsa, boshqa ishlab
chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir.
Davlatning bozor narxiga ta'sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot
ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli
darajagacha ko'tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab
chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin.
Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo'yicha litsenziyaning
davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo'lishi
mumkin. 
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste'molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo'lishini ta'minlaydi, demak,
muvozanat holatda iste'molchilr o'z talabini mavjud ishlab chiqarish
xarajatlarida mumkin bo'lgan eng past narxda qondiradi. Raqobatlashgan
bozor cheklangan resurslarni optimal taqsimlashga yordam beradi va
natijada iste'molchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga
erishiladi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Davlatning iqtisodiy siyosati deganda nimani tushunasiz?
2. Davlatning iqtisodiy siyosatini baholashda iste'molchi va ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligidan qanday foydalanish mumkin? 
3. Ishlab chiqarish hajmini cheklash qanday oqibatlarga olib keladi? 
4. Ishlab chiqarishga soliqni uzoq va qisqa muddatli ta'sirini izohlab
bering. 
5. Bozor qaysi holatda samarali faoliyat ko'rsatadi? 
6. Ishlab chiqarishni kvotalash tovar narxiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
7. Barqaror narxlarni ta'minlashda davlatning roli.
8. Talab chizig'i elastikligining jamiyat yo'qotishiga ta' siri. 
19



Download 392.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling