5. Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o’rtacha xarajatlari berilgan:
S - ishlab chiqarish hajmi.
a) uzoq muddatli oraliqda firma mahsulotiga qanday narx o’rnatiladi?
b) tipik firmaning uzoq muddatli oraliqdagi ishlab chiqarish hajmi qancha?
v) yangilikka intiluvchi firmaning o’rtacha xarajatlari tipik firmaning o’rtacha xarajatlaridan 40% ga kam bo’lsa, yangilikka intiluvchi firma qancha iqtisodiy foyda oladi va qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa, maksimal foyda oladi?
6. Raqobatlashuvchi firmaning umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=2×S3-20×S2+400×S+250 000 ko’rinishida berilgan. Qisqa muddatli oraliqda tovarning narxi necha so’mga tushib ketsa firma bozorni tark etadi?
7. Raqobatlashgan bozorda A tovarga bo’lgan talab funktsiyasi quyidagicha berilgan:
Sd=36000-18P
Sd-sotib olinadigan miqdor;
P- narxi.
Tipik firmaning umumiy xarajati TCi=12000+Si2 bo’lsin.
a) Uzoq muddatli oraliqda qancha firmalar faoliyat yuritadi?
b) Bir birlik mahsulot narxi qancha so’mni tashkil etadi?
c) Tarmoqning taklif funktsiya sini yarating.
8. Faraz qilaylik non bozori raqobatlashgan. Nonga bo’lgan talab quyidagi funktsiya orqali berilgan:
Sd=1000-10P
Sd -sotib olinadigan non miqdori;
P-non narxi.
Tipik non sexining umumiy xarajati TCi=400+Si2 bo’lsin.
Aniqlansin:
a) Uzoq muddatli oraliqda qancha non sexlari faoliyat yuritadi?
b) Bir dona non narxi hamda ishlab chiqaruvchilar daromadi qancha so’mni tashkil etadi?
9. Talab funktsiyasi ushbu ko’rinishda berilgan:
P=8100-9S
Mazkur funktsiya dan foydalanib,
a)chekli daromad (MR)?
b) qaysi hajmda MR =0 bo’ladi?
c)qaysi hajmda TR maksimal bo’ladi?
d) TR maksimal bo’lgandagi talab elastikligi qiymati aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |