Mikroiqtisodiyot fani
Download 4.4 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabning narx elastikligi va uning omillari
- O’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
- Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
- Yaqin o’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi.
- Vaqt birligi.
Talab elastikligi
Talab tushunchasini ko’rib chiqqanimizda haridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o’rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir birining o’rnini to’ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo’lganda ko’proq tovar harid qilishadi. Bizning tovarlarga bo’lgan talabimiz narxga bog’liq yoki bo’lmasligi mumkin. Talabning narx elastikligi va uning omillari Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo’lganda narx o’zgarishiga javob berishini o’lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o’zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o’zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi. O’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O’rin bosuvchi tovarlar ko’proq elastik bo’ladi, chunki haridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o’tish ancha oson. Masalan, saryog’ va margarin oson o’rin almasha oladi. Saryog’ narxining kichik miqdorda o’sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog’ miqdorining kamayishiga sababchi bo’ladi. Teskari ravishda, tuxumning o’rin bosuvchisi bo’lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas. Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari Tovar narxining pasayishi unga bo’lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx o’zgarganda talab qanday o’zgarishini ifodalaydi. Biror mahsulotga bo’lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o’zgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo’lgan talab noelastik bo’ladi, agar talab miqdori narxdagi o’zgarishlarga birozgina javob qaytarsa. Yaqin o’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O’rnini bosuvchisi bor bo’lgan tovarlar ko’proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o’rniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog’ va margarin bir-birini o’rnini bemalol bosadi. Margarin narxi o’zgarmaganda saryog’ narxining biroz ko’tarilishi saryog’ning sotilish miqdori tushushiga sabab bo’ladi. Bunga zid holda, tuxumning o’rnini bosadigan tovar bo’lmagani uchun tuxumga bo’lgan talab saryog’ga nisbatan kamroq elastik bo’ladi. Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko’proq elastik talabga ega bo’lishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo’lgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt o’tgan sayin, odamlar yoqilg’i tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan ko’proq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga ko’chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo’lgan talab sezilarli darajada tushadi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling