Mikroiqtisodiyot fanidan oraliq nazorat savollari ro’yxati 1 kurs iqtisodiyot
Talab elastikligining narx va daromadga ta’siri
Download 0.58 Mb.
|
mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22. Iste’molchi tanlovning asosiy postulatlari
20.Talab elastikligining narx va daromadga ta’siri
21.Iste’molchi tanlovi va naflilik tushunchasi Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya′ni alohida iste′molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma′lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste′molchining mablag`i cheklangan. Iste′molchi har doim tanlov oldida turadi va tanlov chog`ida quyidagi uchta savolga javob izlaydi: 1. Nimani xarid qilish? 2. Xarid qilinadigan ne′matning narxi qancha? 3. Ne′matni harid qilish uchun mablag` yetarlimi? Birinchi savolga javob berish uchun ne′matning iste′molchi uchun naflilik darajasini aniqlash, ikkinchi savolga javob berish uchun - ne′matning narxini va uchinchi savolga javob berish uchun iste′molchining daromadini o`rganish lozim bo`ladi. Mana shu uchta element - naflilik, narx va daromad - iste′molchi tanlovining asosini tashkil etadi. Iste′molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini qondirishga, turmush. farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi. Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir. Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki ―iste′mol savati‖ bilan iste′mol qilinadi. Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas; iste′molchilar ne′matlar nafligini to`liq biladi va maksimal naf beruvchi ne′matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinad 22. Iste’molchi tanlovning asosiy postulatlari Iste′mol turining xilma-xilligi- Har bir iste'molchi turli xil ne'matlardan iste'mol qilishni istaydi. Iste′molning to`yinmasligi- Iste′molchi har doim ne′matning kamroq miqdoridan ko`prog`ini xarid qilishga moyill. Ne′matlarni turkumlash va solishtira olish- Iste′molchi A va B ne′matlar majmuasidan A majmuani B ga (A>B) yoki B majmuani A ga nisbatan (B>A) ko`proq xohlashi yoki ikkalasini ham naflik darajasi bir xil deb qarashi mumkin. Tranzitivlik- Agar iste′molchi А majmuani В ga nisbatan va В majmuani С majmuadan afzal ko`rsa, unda u А majmuani С majmuaga nisbatan ham afzal A B; B C;. Substitutsiya (o`rin bosa olish) -Agar iste′molchiga А ne′mat o`rniga uning o`rnini bosa oladigan В ne′matdan ko`proq taklif qilinsa, u bunga rozi bo`ladi. Kamayib boruvchi chekli naflilik Biror ne′matning qo`shimcha birliklarini iste′mol qilishdan olinadigan qoniqish (chekli naflilik) borgan sari kamayib boradi va u ne′mat zaxirasining iste′molchi ixtiyorida qancha borligiga bo`gliq. Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo`l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat Nе'matlarning narxi ularning tabiatdagi yoki istе'molchi ixtiyoridagi zaxirasiga bog`liq. Nе'matlarning zaxirasi qancha ko`p bo`lsa, qo`shimcha birlik ne′mat qimmati shuncha past bo`ladi va ularning narxi shuncha arzon bo`ladi. Aksincha, ularning zaxirasi qancha kam bo`lsa, qo`shimcha birlik ne′mat qimmati shuncha yuqori va narxi shuncha qimmat bo`ladi. Demak, ne′matning narxi uning umumiy nafliligi bilan emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, nе'matlar narxi ularning chеkli nafliligiga to`g`ri, zaxirasiga esa tеskari proporsional bo`ladi. Umumiy naflilik biror ne′matdan ketma-ketlikda iste′mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig`indisini ifodalaydi va u o`sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste′mol to`yingan sharoitda umumiy naflilik o`zining maksimal qiymatiga erishadi. Chekli naflilik ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf miqdorini ifodaladi. Chekli naflilik - bu naflilik funksiyasidan biror ne′mat o`zgaruvchisi bo`yicha olingan xususiy hosilaga teng: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling