Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi
Mikroiqtisodiyotfanining predmeti vavazifalari
Download 19.29 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroiqtisodiyot
2.Mikroiqtisodiyotfanining predmeti vavazifalari
Zamonaviy iqtisodiy nazariya tarkibiy jihatidan 2 katta bo‘limga ajratiladi: Mikroiqtisodiyotva Makroiqtisodiyot. Makroqitisodiyot – umum iqtisodiy tizimni va uning yirik tarmoqlari faoliyatini o‘rganadi. O‘rganish obyekti – MD, YaIM, iqtisodiy o‘sish va umumiy bandlik darajasi, iste’mol harajatlari, milliy jamg‘armalar va boshqa yirik ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot – alohida iqtisodiy subyektlar (iste’molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot fanining predmeti – bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, narxlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlanishi, iste’molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarishi, sotishi va shu kabi boshqa jarayonlarni o‘rganish hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot fanining vazifalari quyidagilardan iborat: Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmi Resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar, korxonalar va uy xo‘jaliklarining tutgan o‘rni Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligi Ishlab chiqarish va uni tashkil etish kabilarni o‘rganish va ularni tahlil qilish. Mikroiqtisodiyot fani barcha ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, iqtisodiyot nazariyasi, kichik biznes va tadbirkorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, moliya va kredit, marketing va menejment, matematika, bank ishi va boshqalar. Mikroiqtisodiyot fani alohida shaxslar, uy xo‘jaliklari, korxona, davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning iqtisodiy harakatlarini o‘rganadi va quyidagi usul (metod)lardan, ya’ni tahlil va sintez, monografik usul, iqtisodiy statistika usuli, hisoblash konstruktiv, tajribaviy usul, abstrakt mushohada usuli, matematik modellashtirish, induksiya va deduksiya usuli, optimallashtirish va muvozanatni aniqlash usullaridan foydalanadi. Download 19.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling