“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana09.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1179212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shermuhammedov Muhammadamin

 
John Loke (1632-1704). John Loke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, 
davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir 
muncha notinch, ko‘zga ko‘ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi 
tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi ―Shonli revolutsiya‖ 
(Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo‘lgan) natijasida 
konstitutsiyaviy hokimiyat o‘rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo‘lsak, 
u haqida Loke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma‘lumotlarni 
qoldirgan.



Loke insonlar o‘z kuchi va sa‘yi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol-
mulkiga ega bo‘lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko‘proq narsaga erishishga 
intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari 
rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir 
jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy 
maqsad kishilar o‘z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta‘minlash bo‘lgan. 
Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va 
bu narsani Loke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu ―Ijtimoiy 
shartnoma nazariyasi‖ sifatida tanilgan. Unga ko‘ra: shaxs jamiyatning barcha 
qarorlariga bo‘ysunishga rozi bo‘ladi, evaziga jamiyatga a‘zo bo‘lganlar uchun 
mol-mulk, erkinlik, sog‘lik va hayot himoyasiga ega bo‘lishgan. Bu soliq 
majburiyatlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. ―Davlatning 2-xazinasi‖ asarida 
Loke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining 
hech birini olib qo‘ya olmaydi‖ deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga 
to‘lovlar to‘lab turishi kerakligini Loke ,,Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur 
qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum 
qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerakdegan fikri bilan 
ifodalagan.
Ko‘pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo‘li bilan yoki 
ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o‘z amalidan 
foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o‘rnatishga va yig‘ishga harakat qilsa, 
u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib 
keladi. Chunki insonlar ongidagi ,,Nima uchun mening mulkimni kimdir o‘z 
xohishi bilan olishi kerak?‖ degan fikr ularning qarshiligini uyg‘otishi mumkin. 
Lokening ―Ijtimoiy shartnoma nazariya‖ soliqlarni davlat himoyasi evaziga 
inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishiniyoqlab chiqqan. Bu 
huquqlardan davlatning foydalanishi Loke tomonidan davlatning soliqqa tortish 
huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o`g`rilikka o`xshab qolar edi. Bu fikr 
keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o`rta asrlar teologi Thomas Aquinasning ―Summa 
Theologica‖ asarida muhokama qilingan.



Loke tom ma`noda o`zining bir qancha soliq nazariyalari uchun 
―Levianthan‖ asarida soliq yig`imlarini davlat himoyasi va qonun ustuvorligi 
uchun to`lov sifatida keltirib o`tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham 
Gobbs o`z asarlarida ―ijtimoiy shartnoma‖ g`oyasini ham birmuncha 
shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va 
soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur 
qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma`lum muammolardan qochish 
uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat 
o`rtasidagibitimdir. U davlatni o`z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar bilan 
ta`minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi uning 
joriy qilinishiga rozi bo`lishlari shart. 
Loke ning garchi ―kimki davlat himoyasidan foydalansa o`z mol-mulkidan 
ma`lum qismini ushbu himoya uchun to`lab berishi kerak‖ degan fikri, progressiv 
yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda ―benefit principle‖ sifatida 
keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog`liq holda to`lanishini 
anglatuvchi g`oya sifatida tushunilishi mumkin bo`lsa 
ham u soliqlarning boshqa turlari, ularning tabiati
miqdori, yig`ilishi to`g`risida hech nima aytmagan. 
Amaliyotda hattoki soliq to`lovchilar va ularning holati 
haqida juda ko`p ma`lumot mavjud bo`lgan hozirgi 
zamonda soliqlarni bu g`oyaga asosan undirish deyarli 
imkonsiz. Shuningdek, ―mol-mulk‖ so`zi tushunishga 
oson bo`lsa ham, bu insonlar ega bo`lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan 
savollarni ko`taradi. Shuning uchun hamma soliq to`lashi kerakmi yoki yer 
egalarimi degan muammo yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling