“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi


-rasm. Dunyo davlatlarining YaIM dagi umumiy soliqlar tushumi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana09.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1179212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shermuhammedov Muhammadamin

2-rasm. Dunyo davlatlarining YaIM dagi umumiy soliqlar tushumi 
ulushi. (2017-yil)
7
 
S.H. Gataulin «...soliqlar o‗zi nima va ular nimaga kerak», degan savolga 
quyidagicha javob beradi: «Soliqlar — bu davlat sarf-xarajatlarining asosiy 
manbayi 
bo‗lib, 
iqtisodiyotni 
tartibga 
soluvchi 
va 
daromadlarni 
barqarorlashtiruvchi vositadir.
8
Soliqlar davlat budjeti daromadlarini tashkil 
etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. 
Biroq bu ta‘rif soliqlarning mohiyatini to‗laligicha yorita olmaydi hamda 
soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‗zida aks ettira olmaydi. Bundan 
tashqari, iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bo‗lib nima 
hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi.
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta 
taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy 
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat 
ixtiyoriga olish shaklidir».
9
7
https://ourworldindata.org/ 
8
Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. O.: 1996. 18-bet. 
9
O‗lmasov А., Sharifxo‗jayev М. Iqtisodiyot nazariyasi. O.: 
≪Iahnat≫, 1995-y. 
377-bet. 


18 
3-rasm. Soliq ta’siri
10
 
O. Olimjonovning fikriga ko‗ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul 
mablag‗lariga bo‗lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab 
qo‗yilgan hajmda va o‗rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat 
ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‗lovlardir».
11
Soliqlarga berilgan 
mana shu ta‘rif eng maqbul ta‘rif bo‗lib, soliqlarning mohiyati, ularning 
iqtisodiyotdagi o‗rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan 
chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, 
shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va 
o‗rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‗liqroq yorita oladigan ta‘rifni 
keltirish muammosi fanda mavjuddir.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‗lgan majburiy 
to‗lovlar sifatida, davlat paydo bo‗lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat 
10
Manbaa: 
https://www.economicshelp.org
 
11
Olimjonov О. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida soliq siyosati. 
≪Hayot va iqtisod 
≫, 1992. 


19 
faoliyat ko‗rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati 
xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida 
soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita 
quroli hisoblanadi. 
Soliqni to‗lash xo‗jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan davlat 
o‗rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar 
budjet daromadlari (pul fondi) ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‗libgina 
qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni 
rag‗batlantirishda investitsiyalarni ko‗paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni 
ko‗paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan 
bog‗liq bo‗lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini 
qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat 
o‗zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan mablag‗larning asosiy qismini 
soliqlar orqali to‗playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar 
daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz 
yaratadi, soliq to‗lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning 
tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‗lgan intilishini rag‗batlantiradi, narx 
belgilashga ta‘sir ko‗rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi
imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy 
himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling