“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana09.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1179212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shermuhammedov Muhammadamin

 
 
 
3. XULOSALAR 
Ushbu kurs ishimizda mamlakatimizda soliqlar haqidagi turli xil qarashlar, 
ularning makroiqtisodiy mohiyati, funksiyalari va tamoyillarini tahlil qilishga 
harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik: 
1-xulosa. Soliqlar, yig‗imlar, bojlar va boshqa to‗lovlar hisobiga davlat 
moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‗nalishlarini 
mablag‗ bilan ta‘minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini 
amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va 
mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, 
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan 
soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish 
vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi usuli 
hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‗liq, 
chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh 
manbaidir.


41 
2-xulosa. Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‗planib 
borishini ta‘minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat
mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‗batlantirish, 
ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun 
foydalaniladi.
3-xulosa. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy 
shaxslar o‗rtasida vujudga keluvchi ob‘ektiv majburiy to‗lovlarga asoslangan 
moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus 
ijtimoiy xarakterga ega bo‗lib, milliy daromadning bir qismi bo‗lgan pul 
mablag‗larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
4-xulosa. Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi 
hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi 
asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim 
vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va 
boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak.
5-xulosa. Davlat budjetiga tushgan soliq va to‗lovlarni tushumini tahlil 
qilish natijasida soliq tizimini rivojlantirish samaradorligi, korxonalarni ishlab 
chiqarish sharoitlarni, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solish faktorlari 
o‗rganib chiqiladi va ishlab-chiqarish uchun «soliq iqlimi» yaratiladi. Tahlil 
asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o‗sish sur‘atlarini o‗sishi yoki pasayishi
mablag‗ to‗planishini tezlatilishi yoki sekinlashtirilishi, aholining to‗lov qobiliyati 
kengayishi yoki kamayishi bo‗lgan tasiri o‗rganib chiqiladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling