“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana09.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1179212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shermuhammedov Muhammadamin

2.4. 
MAMLAKATIMIZDA 
OLIB 
BORILAYOTGAN 
SOLIQ 
ISLOHOTLARI. 
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar qatori soliq sohasida ham rivojlanishning asosiy maqsadlari 
belgilab olindi 
Oʼzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy 
yoʼnalishlarini va 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yoʼnalishi 
boʼyicha 
 Harakatlar 
strategiyasida
15
belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan 
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori.
16
Аsosiy maqsad: 
• davlat soliq xizmati organlarini soliq toʼlovchilarning biznes-hamkori va 
maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʼrsatishga 
yoʼnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — 
insofli soliq toʼlovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani soʼzsiz 
bajarish; 
• eksterritoriallik printsipi asosida soliq toʼlovchilar oʼz soliq 
majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish 
uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʼlovchilarning qoniqish darajasining 
oshishini taʼminlash; 
• uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi 
tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha 
preventiv 
va 
oldini 
olish 
choralarini 
qoʼllash. 
(manbaa: 
https://soliq.uz/page/hukumat-dasturlari
)  
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-
yil 8-yanvar kuni Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda 
15
http://lex.uz/docs/3107036#3109147 
16
https://lex.uz/docs/4674011 


36 
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan 
videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda 
milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. 
Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. 
Buning natijasida oʻtgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion soʻm mablagʻ 
qoldi. 
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq 
etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy 
barqarorlikni taʼminlashdir. 
Yigʻilishda buning uchun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va bu orqali 
byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi taʼkidlandi. 
– Yagona yoʻlimiz – tadbirkorlar sonini koʻpaytirish, odamlarni 
ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qoʻshimcha daromadlarni taʼminlashi 
uchun oʻzi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-
yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari isteʼmoli va 
toʻlovi boʻyicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga 
yondashuvi tanqid qilindi. Oʻtgan yili Mirzo Ulugʻbek, Gʻuzor va Muborak 
tumanlarida faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani koʻrsatib oʻtildi. 
– Bitta tadbirkor oʻz faoliyatini toʻxtatsa ham, bunga ―favqulodda holat‖ 
sifatida qaralishi kerak, – deya taʼkidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi 
raqobatbardosh tadbirkorlarni koʻpaytirishdir. 
Yigʻilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini 
taʼminlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar boʻyicha 


37 
birinchi oʻrinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan 
vazifalar belgilab berildi. 
Avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini 
toʻxtatgan korxonalarni tiklashga koʻmaklashish kerakligi taʼkidlandi. Buning 
uchun elektr, gaz, yoʻl, suv bilan bogʻliq infratuzilmani yaxshilash, yangilarini 
barpo etish zarur. Shu bois hokimiyatlar tomonidan oshirib bajarilgan daromadlar, 
birinchi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilashga yoʻnaltirilishi 
belgilandi. 
Shuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kichik sanoat zonalarining 263 
gektar maydoni va 50 mingdan ziyod obyektlaridan samarali foydalanilsa, koʻplab 
yangi quvvatlar tashkil etish mumkin. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, 
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda shu borada 
manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 
Davlatimiz rahbari har bir tuman kesimida resurs soligʻi toʻlovchilarni 
hamda ularning obyektlarini hisobga olish, ish oʻrinlari va tadbirkorlar faoliyatini 
legallashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berdi. 
Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni qisqartirish 
masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. 
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa joylarda 
debitor qarzdorlik koʻpaygani, avtomobillarga gaz quyish shohobchalarida katta 
miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bu energiya ishlab 
chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir etishi bilan birga 
hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz taʼminotida uzilishlarga sabab 
boʻlmoqda. 


38 
Davlatimiz rahbari bunday holatlarga chek qoʻyib, elektr energiyasi va 
tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartirish, aholi va tadbirkorlarni ushbu manbalar 
bilan uzluksiz taʼminlash zarurligini taʼkidladi. 
Maʼlumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, 
―Oʻzbekneftgaz‖, ―Oʻztransgaz‖, ―Oʻzqurilishmaterillari‖, ―Oʻzkimyosanoat‖ kabi 
yirik korxona va tashkilotlar byudjet koʻrsatkichlariga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. 
Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlash 
inspeksiyasi tomonidan mustaqil yigʻiladi. 
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga oʻz komplekslari tarkibidagi 
korxonalarda ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini har oyda muhokama qilib borish 
boʻyicha koʻrsatma berildi. 
Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat 
aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 1,6 
trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos. 
Shu bois mutasaddilarga davlat mulki obyektlarini, jumladan, yogʻ-moy va 
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik soliq 
toʻlovchi subyektlar boʻyicha dividend toʻlash miqdori va davriyligini belgilash 
vazifasi yuklatildi. 
Yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun 
viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari moliya, 
soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa tashkilotlar bilan 
birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet daromadlarini 
oshirish boʻyicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi. 
Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga 
toʻliq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. 


39 
Maʼlumki, oʻtgan yili soliq tizimidagi oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini 
aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish boʻyicha Ishchi guruh tuzilgan edi. 
Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi. 
Joriy yil 1-yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi 
qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar toʻgʻri qoʻllanishi, aholining huquq va 
manfaatlari taʼminlanishi uchun oʻzgarishlardan barcha xabardor boʻlishi kerak. 
Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy 
kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni oʻqitishni tashkil etish zarurligi 
taʼkidlandi. 
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini 
taʼminlashga imkon boʻladi. Undan tashqari, hujjatda koʻzda tutilgan qoidalarni 
keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, 
seminarlar va boshqa targʻibot tadbirlarini oʻtkazish muhimligi qayd etildi. 
Ommaviy axborot vositalarida targʻibot boʻyicha media reja ishlab chiqib, birinchi 
chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. 
Yangi kodeksda soliq organlariga ham koʻplab vazifalar yuklatilgan. Ularni 
sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, 
tadbirkorlarga munosabatini tubdan oʻzgartirishi zarurligi taʼkidlandi. 
Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-
ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda 
soliq tekshiruvlari oʻtkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 
Yigʻilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. 
Moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan obyektlarda qurilishni boshlash va 
loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi. 


40 
– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy kompleksdan 
katta masʼuliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar uchun ―iqtisodiy 
kompleksni safarbar qilish yili‖ boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Videoselektorda soha va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar belgilangan 
prognoz rejalarni bajarish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan 
hisobot berdi. ( manbaa: 
https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-uzbekistana/8228-
shavkat-mirziyoyev-yagona-yo-limiz-tadbirkorlar-sonini-ko-paytirish-odamlarni-
ishbilarmon-qilish


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling