1. Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor korsatkichlari Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati
Download 162 Kb.
|
1476130216 65338
Asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari Reja:
1. Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati 2.Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor korsatkichlari 1. Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati Makroiqtisodiyot bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xojaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot oz ichiga xalq xojaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat korsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish va barqaror osishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining ozaro bogliqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat korsatish hajmi va ularning osishi bir qator korsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy korsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning osishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat oz iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy korsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, yani ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida korgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nihoyat mazkur korsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi korsatkichlar makroiqtisodiy korsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy korsatkichlar miqdor va sifat korsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor korsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat korsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor korsatkichlariga kuyidagi korsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat korsatkichlariga kuyidagi korsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning osish suratlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga togri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar. Bu korsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiga otayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu manoda, ijtimoiy ishlab chikarish - iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar korsatuvchi tarmoqlar (moliya, sugurta, sogliqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga otgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat korsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar korsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar korsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat korsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq natijasida, mamlakatlar ozining mazmuniga kora ajratib turuvchi korsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari kollaniladi. Makroiqtisodiy miqdor korsatkichlari ortasidagi ozaro bogliqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin; Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi oraliq istemol = Yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot. Sof ichki mahsulot biznesga egri soliqlar = milliy daromad Milliy daromad ijtimoiy sugurtaga badallar korporatsiya foydasiga soliqlar korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert tolovlari = shaxsiy daromad. Shaxsiy daromad yakka tartibdagi soliqlar = Ixtiyordagi daromad. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling