1. Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor korsatkichlari Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati
Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor korsatkichlari
Download 162 Kb.
|
1476130216 65338
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish usuli
- Daromadlar usuli
- 2013 yilda Ozbekiston Respublikasining makroiqtisodiy korsatkichlar 1
2.Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor korsatkichlari
Asosiy makroiqtisodiy korsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir. Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ; Ishlab chiqarish usuli bunda yalpi ichki mahsulot barcha qoshilgan qiymatlar yigindisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G davlat xarajatlari yani tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn chet elliklarning xarajatlari, yani sof eksport; Daromadlar usuli bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy istemolchilarning daromadlari yigindisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi. YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz korinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qoyilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi. 2013 yilda Ozbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 119,0 trln. somni tashkil etdi. 1- jadval 2013 yilda Ozbekiston Respublikasining makroiqtisodiy korsatkichlar1Milliy daromad bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yigindisidir. Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ; YaMD = YaIM + horijdan olingan omilli daromadlar horijliklarning ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari. Shaxsiy daromad va milliy daromadning bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sugurtalar tolovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xojaligiga tushmaydi. Uy xojaligi hisobiga togri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert tolovlari) - mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert tolovlariga - sugurta tashkilotlari tomonidan tolanadigan, yani qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga tolanadigan nafaqalar, nogironlarga tolanadigan har xil tolovlar, ishsizlarga va pensionerlarga tolanadigan nafaqalar, istemolchilar va davlat tomonidan tolanadigan foiz tolovlari va boshqa tolovlar kiradi. Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni tolagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar - daromad soligi, xususiy molmulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling