1. Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor korsatkichlari Makroiqtisodiy korsatkichlarning mohiyati
Milliy ishlab chiqarish kolamini belgilashda narxlarning ahamiyati
Download 162 Kb.
|
1476130216 65338
2.3. Milliy ishlab chiqarish kolamini belgilashda narxlarning ahamiyati
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat korsatkichlari qollaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda amalda olchash mumkin emas, chunki bu erda bir biri bilan solishtirib bolmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat korsatkichlaridan foydalaniladi. Bu korsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi: ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; - narxlar darajasi. Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki korinishi qollaniladi: -joriy yoki haqiqiy narxlar; ozgarmas yoki solishtirma bazis narxlar. Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning istemoli ortasidagi bogliqlikni aniqlashda qollaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy narxlardan ishlab chiqarishni malum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita tasir etib, iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib korsatadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun ozgarmas narxlardan foydalaniladi. Ozgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror bir yildagi mahsulotning narxi bolib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini ozgarishini ilgash imkonini beradi va ishlab chiqarishni malum bir vaqt davomida haqiqiy ozgarishini aks ettiradi. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi tubdan farqlanadi. Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda ozi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham otgan yillar, ham kelgusi yillarning qiymat korsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi. Joriy narxlarda olchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda olchanganini real deb ataladi. Narxlarning osishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini ozgarishini korsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan nematlar kiradi va ularni xar birining narxini ozgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni oz ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va xizmatlarga bolgan narxlarning ozgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi. Joriy yildagi bozor savatining bahosi shu yilning narxlarida Joriy yil deflyatori = -----------------------------------------------------x 100 Joriy yildagi bozor savatining bahosi bazis yili narxlarida Agarda otgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi ozgarmasdan qolgan bolsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar darajasi pasayayotgan bolsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam darajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilga qaraganda kotarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishi deflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini ozgarishiga narxlarning tasirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulot hisoblanadi. Nominal YaIM Real YaIM = -------------------------- x 100 % Deflyator Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir korsatkichi istemol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qollaniladi. Bu korsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining istemol byudjeti asosini tashkil etuvchi istemol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun moljallangan tovarlar tashkil etadi. Istemol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan istemol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini qanday ozgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday ozgarayotganini aniqlash mumkin. Download 162 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling