“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi
Kurs ishi mavzusining ob’ekti va predmeti
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Shermuhammedov Muhammadamin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Kurs ishi mavzusining ob’ekti va predmeti. Kurs ishining ob‘ekti bo‘lib
soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati, ularning funksiyasi va tamoyillarini 4 o‘rganish hamda yurtimizda amalga oshiralayotgan soliq islohotlarini tahlil qilish jarayoni hisoblanadi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi soliq haqidagi iqtisodchi olimlarning arshlarini o‘rgansih, soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati, ularning funksiyasi va tamoyillarini keng ko‘lamda tahlil etish, soliqlarni davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi rolini ochib berish, mamlakatimiz miqyosidagi soliq bo‘yicha qilinayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish va xulosalardan iborat. Ishning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning vazifalari quyidagilardan iborat: - Soliqlar haqidagi iqtisodchi olimlar fikrlarini tahlil etish; -Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi; -Soliqlarning umumiy belgilari, funksiyalari va vazifalari hamda ularning tamoyillari; -Yurtimizda soliq sohasida amalga oshirilayotgan chora va tadbirlarni; - Xulosalar. 5 2. ASOSIY QISM 2.1. SOLIQ ATAMASIGA NISBATAN TURLI QARASHLAR. Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo`lib ko`rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo`lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo`llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o`tmishda juda ko`p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g`oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo`lishi kerakligini aniqlashga bag`ishlashgan. Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg`or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko`proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo`lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o`zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e`tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma`lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o`rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo`lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o`z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag` topa olmaydiganlargaijtimoiy ta`minot berishni qo`llab quvvatlaydi. 1 Petti "Soliqlar va yig`imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg`rmalar yig`ilishida qirol tomonidan qo`llanilishi mumkin bo`lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta`lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo`llab quvvatlash va birlamchi 1 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015 6 mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta`minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo`llab quvvatlagan. "Uzoq o`n sakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgi kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g`oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yillar davomida ko`plab ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko`zga ko`ringan davlat arbobi, 1706-yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi: “Bu yerda o`zini butun dunyo bo`ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g`ayritabiiy lekin so`z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart” Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo`lmagan. Shuning uchun, o`sha davrning ilg`or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo`lishlariga qaramasdan bir vaqtning o`zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo`ylab ulkan ta`sirini sanab o`tish joizdir. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling