«mikroiqtisodiyot»


Download 0.55 Mb.
bet9/16
Sana12.12.2020
Hajmi0.55 Mb.
#165389
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
«mikroiqtisodiyot»


Mavzuga doir masalalar
1. Ishlab chiqarish funksiyasi Q=L K. Yalpi harajat 30 $ ga teng. Mehnat narxi 4 $, kapital narxi 5 $ bo'lsa, maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan resurslar sarfi aniqlansin.
Yechimi:

Muvozanat nuqtada:

Izokosta tenglamasi:

Demak,


miqdorda sarflanadi.

Javob: mehnat 6 birlik kapital 5 birlik sarflanganda maksimal mahsulot ishlab chiqariladi.
2. Faraz qilaylik, bolalar o'yinchoqlarini ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi o'zgaruvchan omil dеb qaralsin. Qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagiga tеng bo'lsin, Q = 100 + 64L - 4L2. Korxona ma’muriyati o'z oldiga bir sutkada maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun nеcha birlik o'zgaruvchan omildan foydalanish zarurligini maqsad qilib qo'ydi?
Yechimi:

Bizga ma’lumki, maksimal ishlab chiqarish hajmi o'zgaruvchan omilning chеkli unumdorligi nolga tеng bo'lganda ta’minlanadi MPL = 0. Shuning uchun biz mеhnat omilining chеkli unumdorligi (mahsuldorligi)ni topish uchun ishlab chiqarish funksiyasidan xususiy hosila olib uni nolga tеnglashtiramiz. . Bizning misolimizda (100 + 64L – 4L2)' = 0

64 – 8L = 0

L = 8. shunday qilib 8 birlik mеhnatdan foydalanganimizda maksimal ishlab chiqarish hajmi ta’minlanadi.

Q = 100 + 64L – 4L2 = 100 + 64 ∙ 8 – 4 ∙ 82 = 356 ta o'yinchoq bir sutkada ishlab chiqariladi.

Javob: 8 birlik
3. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko'rinishda bеrilgan: Q = K0,5L. 16 birlik kapital 8 birlik mеhnatdan foydalanilganda chеkli tеxnologik almashtirish normasi, ya’ni kapitalni mеhnat omili bilan almashtirish normasi nimaga tеng bo'ladi?

Yechimi:

(Omillarni) chеkli tеxnologik almashtirish normasi omillarning chеkli mahsulotlari nisbatiga tеngligini yaxshi bilasiz, ya’ni MRTSLK = -MPL / MPK. Shunday ekan, bеrilgan raqamlar asosida omillarning chеkli mahsulotini topishga harakat qilamiz. Chеkli mahsulot shu omillardan olingan xususiy hosilaga tеngdir.

Dеmak, ishlab chiqarishda qo'shimcha birlik mеhnat omilini kiritilish va 4 birlik kapital omilini qisqartirish orqali ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish mumkin, dеb izoh bеriladi.
4. Aytaylik, kapitalga bog'liq ishlab chiqarish elastikligi 0,6 ga, mеhnatga bog'liq elastiklik koeffitsiеnti 0,3 ga tеng bo'lsin. Agar, mеhnat omili 10 %ga qisqarsa, kapitalni esa 5 %ga oshirilsa, ishlab chiqarish qanday o'zgaradi?
Yechimi:

K = + 5, L = -10. Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi (Q1 – Q0) = 0,6 (+5) + 0,3 (-10) = 3 – 3 = 0.



Javob: Dеmak, ishlab chiqarish hajminida hеch qanday o'zgarish hosil bo'lmaydi.
5. Firma mahsulot ishlab chiqarishi uchun faqat mehnat va kapitalga harajat qiladi. Mehnat narxi PL=10 $ , kapital narxi esa PK=20 $. Firma byudjeti 300 $ ga teng. Ishlab chiqarish funksiyasi Q(L.K)=K1/2×L1/2 ko'rinishida bo'lsa. Firma maksimal mahsulot ishlab chiqarishi uchun qancha kapital va mehnatdan foydalanishi kerak?

Yechimi:

MPK/PK=MPL/PL (1) va 10×L+20×K=300 ;

MPK= , MPL= bularni (1) ga qo’ysak =1 boladibundan K=L ni aniqlaymiz.

(2) dan 30×L=300 bundan L=10 ni aniqlaymiz.



Javob: K=L=10 birlik.
Mashulotga doir masalalar echish.

  1. Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan firma har biri resurslar miqdori jihatdan bir-biridan farq qiluvchi 3 xil turdagi ishlab chiqarish texnologiyasini tanlaydi. Resurslarga misol qilib. mehnat -L va kapital - K olingan.




Ishlab chiqarish hajmi


Texnologiyalar

A

B

C




L

K

L

K

L

K

1

9

2

6

4

4

6

2

19

3

10

8

8

10

3

29

4

14

12

12

14

4

41

5

18

16

16

19

5

59

6

24

22

20

25

6

85

7

33

29

24

32

7

120

8

45

38

28

40


Agar bitta mehnat bahosi – 200 $, bitta kapital bahosi 400 $ ekanligi ma'lum bo'lsa. quyidagilarni hisoblang.

1. Har bir toxnologiva bo'yicha ishlab chiqarish darajasini:

  1. Faraz qilaylik, bitta mehnat balosi - 300 $ gacha oshdi. kapital bahosi ozgarmay qoldi.

Bu jarayon firmaning texnologiva tanlashida bahoni o'zgartira oladimi?

2. Jadvalda keltirilgan ma'lumotlar asosida chegaraviy va o`rtacha mehnat unumdorligini toping.




Ishchilar soni

Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari

Chegaraviy unumdorlik

O`rtacha unumdorlik

1

15







2

34







3

51







4

65







5

74







6

80







7

83







8

92







3. Fovdani maksimallashtirish hajmini ta`minlaydigan mehnat va kapital nisbatini aniqlang. Jadvalda ularning chegaraviy unumdorligi keltirilgan. Mehnat bahosi 1$, kapital bahosi 3$.


Kapital birliklar

Kapitalning chegaraviy unumdorligi

Mehnat birliklari

Mehnatning chegaraviy unumdorligi

1

24

1

11

2

21

2

9

3

18

3

8

4

15

4

7

5

9

5

6

6

6

6

4

7

3

7

1

8

1

8

0,5


Quyidagilarni aniqiang:

1. Kapital va mehnatning o'rtacha unumdorligi topilsin.

  1. 80 birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun va bunda foyda

maksimallashishi uchun mehnat va kapitalning nisbati qanday bo'lishi kerak.

Topshiriqni bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar;

  1. Kapitalning o'rtacha unumdorligi (chegaraviy unumdorlik)

  2. Mehanatning o'rtacha unumdorligi



  3. 4. Firma paypoq ishlab chiqaradi. Buning uchun 1 kunda 5 soat mehnat va 6 soat kapitaldan foydalanadi. Mehnatning chekli mahsuloti 90 ta paypoq, kapitalning chekli mahsuloti 120 ta paypoqqa teng. Bir soatlik ish haqi 4000 so’m, kapital narxi 5000 so’m. Resurslar sarfini yaxshilash orqali maksimal mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlang.

  4.  

  5. 5. Sexda 4 ta stanok va 14 ta ishchi ishlaganda 30 ta stul ishlab chiqariladi. Agar 3 ta stanok va 6 ishchi ishlasa 36 ta stul ishlab chiqariladi. Kapital va mehnatning chekli mahsuloti o’zgarmas. Sexda 7 stanok va 10 ta ishchi ishlasa, qancha stul ishlab chiqariladi (bu yerda mehnatni qurollanganlik darajasidan foydalaniladi)?

  6. 6 . Ishlab chiqarish funksiyasi berilgan . K 16 va L 9 resurslar majmuasidan o’tuvchi izokvanta chizilsin

7. Jadval ma'lumotlari asosida 100 birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun izokvanta grafigi chizilsin




10

20

30

40

50

10

20

40

70

90

100

20

35

60

100

140

160

30

Q (L,K)

60


100

140

160

190

40

80

140

180

200

220

50

100

180

200

220

230



8. Biror firmaning ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha berilgan bo'lsin: Q=3K0.5L0.5

Bir birlik mehnat narxi 40000 som, bir birlik capital narxi 90000 som bo'lsa, firma Q=1500 birlik mahsulot ishlab chiqarishi uchun qancha miqdorda mehnat va kapitalga ega bo’lishi kerak?


8. Jadvaldagi bo'sh kataklarni to'ldiring.


Ishchi kuchi hajmining o'zgarishi (L)

Umumiy mahsulot hajmi (Q)

Chekli mahsulot (MP)

O'rtacha mahsulot (AP)

3





20

4



15



5

100





6



5



7





13




  1. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha berilgan Q=K1/2×L1/2 . Q=200 ga teng bo'lgan holda, izokvanta chizilsin va L=100 bo'lgan holdagi chekli texnologik almashtirish normasi aniqlansin.




Kapital hajmining o'zgarishi (K)

Umumiy mahsulot hajmi (Q)

Chekli mahsulot (MP)

O'rtacha mahsulot (AP)

3

90



20

4



10



5

100





6





19

7

118





10. Jadvaldagi bo'sh kataklarni to'ldiring.

11 - MAVZU. ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI.

Reja:


1. Xarajatlar to’g’risida tushuncha va ularning guruxlanishi

2. Korxona (firma) iqtisodiy foydasi



3. Korxona faoliyati va uning qisqa muddatdagi xarajati.

Har qanday korxona ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etishi lozimki, kam harajat qilgan xolda oz foydasini ko'paytirishi kerak. Korxona faoliyati uchun harajatlar to'g'risidagi ma'lumotla'r juda muhimdir. Ishlab chiqarish harajatlari deganda, mahsulot va xizmiatlarni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflanadigan harajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi.

Birinchi navbatda alternativ harajatlarni farqlash kerak. Alternativ harajatlar deganda o'sha o'zgarmas harajatlar asosida alternativ resurslardan foydalanishi hisobiga olinishi mumkin bo'lgan samara tushuniladi.

Alternativ harajatlar yaqqol va yashirin turlarga bo'linadi. Yaqqol harajat firmaning chetdan oladigan resurslari uchun to'lovlar (xom-ashyo, material, ish xaqi va xokazo). Yashirin harajatlarga firmaning o'z mulkida bo'lgan resurslardan foydalanish uchun sarflangan harajatlar (pul kapitali, jihozlar, stanoklar, tadbirkorlik) va firma afzalliklaridan kelib chiqadigan harajatlar jovlashgan o'rni, savdo markasi, mavqei u yoki bu sirlari kiradi.

Alternativ harajatlar foydani aniqlashda katta o'rin tutadi, chunki foyda,tushum va alternativ harajatlar orasidagi farq sifatida hisoblanadi. Xarajatlar iqtisodiy va buxgalterlik harajatlarga bo'linadi. Iqtisodiy harajatlar deganda, korxonaning resurs egalari shu resurslarni aynan shu sohada ishlatish uchun amalga oshiradigan to'lovlar tushuniladi.

Iqtisodiy va buxgalterlik harajatlari orasidagi farq yashirin harajatlarni ko'rsatadi. Uzoq muddatli davrda hamma harajatlar o'zgaruvchan sifatida qatnashadi. Qisqa muddatli davrda harajatlar umumiy, chegaralangan va o'zgaruvchan harajatlarga bo'linadi.

Umumiy harajatlar (TS) - bu firmaning mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan doimiv va o'zgaruvchan harajatlar yig'indisidir.

TC = TVC + TFC

Doimiv harajatlar (FC) - firma harajatlari qisqa niuddat ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarni o'zgartirolinasligi. Ularga ishlab chiqarish binolari, inshootlar, jihozlar, mashina, shuningdek ijara to'lovlari, kredit bo'yicha procentlar suurta polis, boshqaruvchilarni ish xaqi harajatlari kiradi.

O'zgaruvchan harajatlar deganda (VC) - mahsulot birligining o'zgarishi bilan o'zgaradigan firmaning resurslari qiladigan harajatlari tushuniladi. Ular o'z ichiga xom-ashyo, yoqili, transport, yollanma ishchilarning ish xaqi va boshqalarga qilinadigan harajatlarni oladi.

Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish harajatlari yoki o'rtacha harajat ( ATC) ni bilish zarur.

O`rtacha harajatlami hisoblash formulasi

TC

ATC = bu yerda:



Q

TC - umumiy harajat, Q- ishlab chiqarishning umumiy hajmi. O'rtacha harajatlar: o'rtacha doimiv (AFC) va o'rtacha o'zgaruvchan (AVC) harajatlarga bo'linishi mumkin. O'rtacha doimiy harajatlar ishlab chiqarish o'sishi bilan pasayadi. Qisqa muddatli davr da umumiy doimiy harajatlar o'zgarmay qoladi. 0‘rtacha o'zgaruvchan harajatlar belgilangan minimal darajagacha pasayadi, bu xol o'zgaruvchan resurslar bo'yicha mahsulot ishlab chiqarish maksimumiga ega bo'ladi.

Chegaralangan harajatlar deganda, firmaning qo'shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlari tushuniladi. Ular mahsulot birligi ishlab chiqarish o'zgarishini (D<3) umumiy harajatlar o'zgarishi (DTC) bilan bog'liq xolda hisoblanadi:

△ TC


MC= _______

△Q

Harajatlar darajasining ma'lumoti izokosta chizig'iga olib keladi (byudjet chizig'iga o'xshash). Kamaytirilgan firma harajatlari izokosta va izokvanta kesishish nuqtalarida ko'rsatiladi.



Mashgulotning maqsadi.

  1. Xarajatlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish.

  2. Alternativ harajatlar haqida tushuncha olish.

  3. Iqtisodiy va buxgalterlik harajatlari va ular o‘rtasidagi farqni aniqlash.

  4. Barcha turdagi harajatlarni sanab berish va ularning mohiyatini ochish.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling