Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida
Kassa xonalarining yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalari tizimi ShNQ 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lis
Download 20.52 Kb.
|
12. Kassa xonalarining yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalari tizimi ShNQ 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lishi lozim.13. Kassa xonalarini qo‘riqlash signalizatsiya vositalari va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar bilan jihozlashga doir ishlar ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.14. Kassa xonalarida montaj qilingan qo‘riqlash va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalarni montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari va nobank kredit tashkilotlarining vakillari bilan birgalikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qo‘riqlash va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yo‘riqnomasini taqdim etadi.Barcha naqd pullar nobank kredit tashkilotlarida yonmaydigan seyflarda saqlanadi, ular kassa ishi tugaganidan keyin kalit bilan qulflanadi va kassirning surg‘uchli muhri bilan muhrlanadi. Seyf kalitlari va muhrlar kassirlar (kassir)da saqlanadi va ularni shartlangan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Seyflar va metall javonlar turgan xonalarning eshigini ochiq qoldirish, shuningdek, ushbu seyflar va javonlar eshigida kalitlarni qoldirish qat’iyan man etiladi.
Download 20.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling