Mikrokredit


III. Mikrokreditni ta’minlash


Download 411.51 Kb.
bet5/11
Sana28.12.2022
Hajmi411.51 Kb.
#1021730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zoirov askar hisobot 2022.docx4

III. Mikrokreditni ta’minlash
Mikrokreditlar ta’minlanish, shuningdek ishonch asosida beriladi.
Mulk garovi mikrokreditni ta’minlashning asosiy shakli bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday mulk, shu jumladan buyumlar va “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti bo‘lishi mumkin.
Qarz oluvchining o‘zi, shuningdek uchinchi shaxs ham garov qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.
Ko‘chmas mulk garovi to‘g‘risidagi shartnoma “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli tuman (shahar) xo‘jalik hisobidagi kadastr va ko‘chmas mulk xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli tuman (shahar) xo‘jalik hisobidagi kadastr va ko‘chmas mulk xizmatlari mansabdor shaxslari ko‘chmas mulk garovidan bo‘sh bo‘lmagan bitishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar, garov to‘g‘risidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan keyingi garovni nazarda tutuvchi garov to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatdan o‘tkaziladigan hollar bundan mustasno.
Beriladigan mikrokredit summasi garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatining 80 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Garov buyumlari — transport vositalari va ko‘chmas mulk obyektlari — yo‘qotish va ziyon yetkazilishi hodisalaridan qarz oluvchi hisobiga sug‘urta qilinishi kerak.
Yuqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar ham garov buyumi bo‘lishi mumkin. Garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va qarz to‘liq qaytarilgunga qadar saqlash uchun bankka o‘tkazilishi kerak.
. Mikrokreditni ta’minlash uchun likvidli tovarlar, xorijiy valyuta va garov shaklida rasmiylashtiriladigan valyuta boyliklarining boshqa turlari qabul qilinishi mumkin.
Bank foydasiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarning kafilligidan qo‘shilgan foizlar hisobga olingan holda qarz summasi miqdorida mikrokreditni ta’minlash sifatida foydalanilishi mumkin. Faqat benuqson to‘lov qobiliyatli subyekt obro‘siga ega bo‘lgan yuridik shaxslar kafolat beruvchi bo‘lishi mumkin.
Kafillik kafolat beruvchining moliyaviy holati tahlili asosida bank tomonidan qabul qilinishi kerak. Budjet tashkilotlari kafolat beruvchi bo‘lishi mumkin emas.
Kafillik shartnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kafolat beruvchining bank hisob raqami holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
kafolat beruvchining boshqa banklardagi barcha hisob raqamlari to‘g‘risida ulardagi qoldiq ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
kafolat beruvchining xizmat ko‘rsatuvchi bankdan ssuda qarzi va boshqa qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Qarz oluvchi ssuda qarzdorligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagan taqdirda bank mablag‘larni kafolat beruvchining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamidan akseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir.
Mikrokreditlar faqat qoniqarli kredit tarixiga ega bo‘lgan va oldin olingan uchta kreditni o‘z vaqtida to‘lagan qarz oluvchilarga ishonch asosida berilishi mumkin.
Kredit ishonch asosida berilganda bo‘lajak to‘lovlar bo‘yicha ta’minlash sifatida qarz oluvchilar tomonidan kredit qiymatining 20 foizigacha miqdordagi summada majburiy jamg‘ariladigan depozit joylashtiriladi, unga bank tomonidan foiz to‘lovlari qo‘shiladi.

Download 411.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling