Mikrokrediot bankning plastik kartalarining turlari.
"Humo" karta
MIKROKREDIT Uzcard
Visa card
MASTER CARD
2.MIKROKREDIT Bank missiyasi , qadriyatlari va qarashlari
Bank missiyasi
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.
Bank strategiyasi
Moddiy infratuzilmani rivojlantirish;
Strategik hamkorlikni rivojlantirish;
IT ni qoʼllashni takomillashtirish;
Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish.
Bankning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir:
Yangi bank xizmatlarini joriy qilish;
Bank infratuzilmasini takomillashtirish;
Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish;
Bank faoliyatini avtomatlashtirish;
Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash;
Xodimlar malakasini oshirish.
"Mikrokreditbank" АTB Boshqaruvi quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi:
Bankning barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi xalqaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari hamda isteʼmolchi tomonidan qoʼyilgan talablarni bajarilishini taʼminlash, qoʼyilgan vazifalarni bajarishda kerak boʼladigan barcha resurslar bilan taʼminlash;
Har bir ishchi-xodim va rahbariyatda sifat uchun javobgarlik prinsipini roʼyobga chiqarish, shaxsning oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda oʼz hissasini qoʼshishga chorlash;
Xalqaro standartlarga mos ravishda koʼrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshira olish qobiliyatiga ega boʼlgan jamoa tuzish;
Oʼtkazilgan tadbirlar natijasiga koʼra bir yilda bir bor ushbu sifat yoʼnalishidagi tizimni tahlil qilish, siyosatni qayta koʼrib chiqish, shuningdek, sifat tizimni yaxshilashda tegishli vazifalarni doimo bajarish.
.
Xodimlar -O’zsanoatqurilishbank uchun muhimdir va bankda ishlaydigan odamlarning shaxsiy va kasbiy maqsadlarini bilmasdan turib bank o’z maqsadlariga erisha olmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |