Mikrokredit


Download 411.51 Kb.
bet8/11
Sana28.12.2022
Hajmi411.51 Kb.
#1021730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zoirov askar hisobot 2022.docx4

Yuqori tashkilotlar nomi


  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya

  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki


4. MIKROKREDIT banklarida buxgalteriya hisobini yuritishto’g’risida yo’riqnomani tasdiqlash haqida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikgi
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1728-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” va “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisi o‘rinbosari M.Y. Eshmatov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-sentabr, 23/1-son
Mikrokredit tashkilotining buxgalteriya apparati tuzilishi
Buxgalteriya apparati mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobini, hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va nazoratini amalga oshiradigan xodimlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tuzilma mikrokredit tashkilotlarining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi. U mikrokredit tashkilotlari bosh buxgalteri to‘g‘risidagi nizom asosida ish olib boradi.
Har bir mikrokredit tashkilotida xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari tegishli xodimlarga tanishtiriladi va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‘ydirib beriladi. Buxgalteriya apparatining asosiy vazifalari ro‘yxati mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
Buxgalteriya xodimiga, uning lavozim majburiyatlariga muvofiq ma’lum vazifalarni bajarish yuklatiladi.
Chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi tomonidan, agar mikrokredit tashkilotida bu lavozim ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda mikrokredit tashkilotida chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa chiqim jurnali yuritilishi lozim.
Hisobga olish hujjatlarida mikrokredit tashkilotlari operatsiyalari hisobining yuritilishini tashkil etish va hisobotlar tuzish hamda hisob va hisobotlarning saqlanishi ustidan rahbarlik bosh buxgalterga yuklatiladi, u bo‘lmagan vaqtda, mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida bosh buxgalterning o‘rinbosariga yuklatilishi mumkin.

Download 411.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling