Mikrokredit


Download 411.51 Kb.
bet2/11
Sana28.12.2022
Hajmi411.51 Kb.
#1021730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zoirov askar hisobot 2022.docx4

Asosiy qism:
1.MIKROKREDIT Bank haqida umumiy ma’lumot MKBANK(eski nomi “Mikrokreditbank” 26.08.2022 dan binoan) — aksiyadorlik-tijorat banki. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3750-sonli farmoniga koʻra, 2006-yil mayda tashkil etilgan. Boshqaruvi (bosh boʻlimi) Toshkent shahrida joylashgan. Xozirgi kunda bankning asosiy maqsadlaridan biri axoli keng qatlamini ijtimoiy qoʻllab quvvatlash borasidagi davlat siyosatini amalga oshirsh bilan bogʻliqdir. Bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidir.

Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo‘lishini ta’minlash uchun moliyaviy mablag‘lar berishni yanada kengaytirish maqsadida:


1. “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida; ilovaga muvofiq, uning aksiyadorlari tarkibi va ustav sarmoyasini ko‘paytirish to‘g‘risida “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining takliflariga rozilik berilsin.
4. “Mikrokreditbank” mikrokreditlarni rasmiylashtirishda byurokratizm va rasmiyatchilik hollariga yo‘l qo‘ymasin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda qarz oluvchi tomonidan mikrokredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati faqat:
mikrokredit olishga buyurtmanoma;
biznes-reja;
mikrokredit qaytarilishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan cheklanadi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Quyidagilar “Mikrokreditbank” resurs bazasini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasini shakllantirishga yo‘naltiradigan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007—2010-yillar mobaynida Markaziy bankning respublika budjeti daromadiga yo‘naltiradigan foydasi hisobidan yillik 2 foiz stavka bo‘yicha 10 yil muddatga 10 mlrd. so‘m miqdorida beriladigan har yilgi ssudalar;
6. Belgilansinki, mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash shartnoma summasining 0,1 foizi stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
“Mikrokreditbank” filiallarining Kredit axboroti davlat reyestrini yuritish departamentining ma’lumotlar bazasiga kirishini ta’minlasin hamda qarz oluvchilarning kredit tarixi bo‘yicha o‘zining ma’lumotlar bazasini yaratishda “Mikrokreditbank”ka yordam ko‘rsatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etishda “Mikrokreditbank”ka ko‘maklashsin.
8. “Mikrokreditbank” 2018-yilning 1-yanvarigacha:
foyda va mulk soliqlari to‘lashdan;
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari);
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
berilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.

MIKROKREDIT” Bankning qisqacha tarixi.


2021 yilda, “Mikrokreditbank” ATB ISO 9001:2015 Sifat Menejmenti Tizimi bo‘yicha Sertifikatiga ega bo‘ldi.
2020-yilda Mikrokreditbank “Global banking & Finance Awards-2020” tanlovining “Mijozlarning bank xizmatidan qoniqishi va mamnunligi” (Customer Satisfaction & Happiness Awards) nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.
2017-yilda Mikrokreditbank nufuzli “MIX-MARKET” agentligi (AQSH) tomonidan 5 olmosli mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bank” sifatida e'tirof etildi.
2014-yilda Qishloq ho‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD) va Ispaniya trast fondi bilan sub-qarz mablag‘larini ajratish bo‘yicha kreditlash kelishuvi imzolandi.
2012-yilda Amsterdamda bo‘lib o‘tgan, «Child and Youth Finance International» birinchi butunjahon sammitida “Mikrokreditbank” yoshlar uchun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yetakchi banki sifatida e'tirof etildi.
2011-yilda“MICROFINANZA RATINGS” kompaniyasi bank reytingini “sBB” deya baholadi hamda “Fitch Ratings” reyting ko‘rsatikichi esa “B-”da “B” ga oshirildi.
2010- yilda Mikrokreditbank Osiyo Bankirlari Uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi.
Shu yili London shahrida bo‘lib o‘tgan “Bank of The Year Awards-2010 ” taqdimot marosimida “Financial Times” kompaniyasi tomonidan “2010 yilda O‘zbekistonning Eng yaxshi banki” deb e'tirof etildi.
2009-yilda “PricewaterhouseCoopers” auditorlik kompaniyasi tomonidan Mikrokreditbank faoliyati yuksak baholandi.
2008-yil yakunlari bo‘yicha “Fitch Ratings” kompaniyasi xulosasiga ko‘ra bankning reytingi “B-” Barqaror deb baholandi.
2007-yilda Mikrokreditbank Polshadagi Halqaro Mikromoliyalash Markazi a'zoligiga qabul qilindi.



Download 411.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling