MATERIALLAR VA ASBOB USKUNALAR: Ishning borishi: - Ishning borishi:
- DNK namunasini ajratish ovqatlanish yoki ichimlik ichilishidan oldin, yoki bir soatdan so‘ng olinadi namuna olinishidan oldin issiq va qaynoq suyuqliklarni ichishdan saqlanish lozim!
- Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasidan (og‘izni suv bilan yaxshilab chayiladi) toza qo‘l bilan paxta aplikator (cho‘tka) ni plastik srejenidan ushlagan holda yonoq sohasining ichki qismini (tishlarga tegib ketmagan holda va hujayralarni yig‘ib olish maqsadida nakonechnikns sekin aylantirib) 2-3 minut davomida ishqalanadi. Yig‘ib olingan hujayralardan DNK ni 24 soat ichida ajratilishi lozim.
- Dnk ni bukkal hujayralardan fenol yordamida ekstraksiya qilish usuli
- DNK namunasini teng hajmli fenola yoki sfenol–xloroform aralashmasi bilan plastmassa qopqoqli polipropilen probirkada aralashtiriladi.
- Probirkada emulsiya hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi.
- Xona haroratida 3 minut davomida sentrifuga qilinadi. Agar organik va suvli qism yaxshi ajralmagan bo‘lsa, sentrifugalashni yana bir karra uzoqroq vaqt davomida yuqori tezlikda amalga oshiriladi.
- Yuqorigi suvli qismni yangi polipropilen probirkaga o‘tkaziladi. Oraliq faza va quyi organik fazlarni tashlab yuboriladi.
- Teng hajmda (1:1) fenola i xloroform eritmasi qo‘shiladi. 2-4 bosqichlar takrorlanadi.
- Teng hajmda xloroform qo‘shib, 2-4 bosqichlar takrorlanadi.
- Dnk ni etanol bilan cho‘ktirib yig‘ib olinadi.
- Ekstraksiya qilingan dnk 4⁰c da 2 hafta davomida -20⁰c cheklanmagan davr mobaynida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |