Mikroorganizmlarga tashqi muhit


Biologik omillarning ta`siri


Download 128 Kb.
bet12/12
Sana02.01.2022
Hajmi128 Kb.
#199944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1363360134 42272

Biologik omillarning ta`siri. Mikroorganizmlar tabiatda bir-biri bilan yoki boshqa bir organizmlar bilan bog`liq holda yashaydilar. Bu hol biatsinaz deyiladi. Bundan tashqari sambioz, metabioz, sinergizm va antogonizm deb ataladigan hodisalar ham mavjud. Bir muhitda ik­ki xil mikrob, ikki xil organizmning bir-biriga qarshilik kursatmasdan yashashi sambioz hodisasi deyiladi. Masalan, anaerob mikroblar bilan aerob mikroblarning yashashi. Aerob mikroblar kislorodni o`zlashtirib, anaerob mikroblar uchun qulay sharoit yaratadi. Anaerob mikroblar esa uz navbatida havodagi erkin azotni tuplab, azotli moddalarga aylantiradi. Bular aerob mikroblar uchun oziqhisoblanadi.

Mikroblar uzlarining yashash davrlarida boshqa bir mik­roblar uchun qulay sharoit yaratishlari metabioz hodisasi deyiladi. Masalan, ko`pchilik saprofit mikroblar oqsilni peptonga, aminokislotalarga va boshqa oddiy birikmalargacha parchalab nitrofikatsiyalovchi bakteriyalar uchun oziqtayyorlaydilar. Ular esa uz navbatida azot kislotasi tuzlarini hosil qilib, o`simliklarga yetkazib beradilar. Ikki yoki bir necha mikroblarning bir-biriga kumaklashuvi sinergizm hodisasi deyiladi. Masalan, azotobakterning sof kulturasi usganda, 173 mg geteroauksin hosil qiladi. U Bas. Mikondes bi­lan birga usganda esa 220 mg geteroauksin hosil qiladi. Bir turdagi mikrob rivojlangan muhitda ikkinchi bir turdagi mikrobning rivojlana olmasligi antogonizm yoki anti­bioz hodisasi deyiladi. Bu hodisani birinchi bo`lib 1877 yilda L.Paster aniqladi. U kuydirgi tayoqchasining rivojla­nishiga chirituvchi mikroblar tusqinlik qilishini isbotlagan. Antogonizm hodisasi antibiotiklarning paydo bo`lishiga olib keldi. Antibiotik — grekcha «anti» — qarshi, «bios» — hayot ma`nosini beradi. Mikroblar hayotiga qarshi ishlatiladigan mikroblar o`simlik, hayvonot dunyosidan olingai mahsulotlardir.

Antibiotiklar mikroblarga uch xil ta`sir etadi:

1) bakteriostatik ta`sir mikrobning o`sish va rivojlanishini to`xtatadi.

2) bakteriotsidik ta`sir ularni halokatga olib keladi.

3) bakteriolitik ta`sir ularni eritib yuboradi.

Ba`zi bir mikroblar antibiotiklarning ta`siriga chidamli bo`ladi. Bu hodisa bir xil antibiotiklar ko`p marta ishlatilganda yuz beradi. Mikrob antibiotikka qarshi ferment nshlab chiqarib, uni eritib yuboradi. Masalan, penitsellin organizmga yuborilganda, mikroblarni uldirmasdan, ularning rnvojlanishini to`xtatib kuyadi, ba`zi birlari organizmning himoya kobiliyatini kuchaytiradi. Streptomitsin tukimalarning nafas olishini yaxshilab, tuberkulyoz mikrobining o`sishini to`xtatadi. yoki sun`iy kochirishda bukalarning spermasiga qo`shiladi.

Fitonsidlar o`simliklardan olingan antibiotik bo`lib, 1928 yilda topilgan. Fitonsid efir moylari va har xil organik kislotalari ko`p bo`lgan sarimsok piyoz va gorchitsa o`simliklaridan olinadi. Bu moddalar mikroblarni halok qiladi.


Adabiyotlar:
1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O`qituvchi», 1975.

2. Vahobov A., Inog`omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.

3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979.

4. Mustakimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O`qituvchi». T. 1995.

5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966.

6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O`qituvchi», 1966.

7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983.

8. www.ziyonet.uz
Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling