Mikroorganizmlarga tashqi muhit
Download 128 Kb.
|
1363360134 42272
Temperaturaning ta`siri. Mikroorganizmlarning tevarak-atrof muhit temperaturasiga bo`lgan munosabati juda katta qizikish tugdiradi, chunki temperatura faqat biror mikroorganizmning rivojlanish tezliginigina emas, balki uning rivojlanish imkoniyatini ham belgilaydi. Har bir organizmning hayot faoliyati muayyan temperatura chegarasiga ega, lekin odatda bu chegaradan chiqib ketadi. Temperaturaga bog`liqlik, odatda, uchta kardinal nuqta bilan: minimum, optimum va maksimum bilan ifodalanadi. Minimaldan past temperaturada mazkur organizm yashay olmaydi, optimal temperaturada organizm juda tez rivojlanadi; maksimal temperaturada esa mikroorganizmlarning hayot faoliyati tugaydi. Bu kardinal nuqtalar turli xil mikroorganizmlar uchun har xildir.
Optimal temperaturaga munosabatiga ko`ra, barcha mikroorganizmlar uch gruppaga bulinadi. Birinchi gruppaning temperatura optimumi 20° ga yaqin bo`ladi. Bular psixrofil mikroorganizmlardir. Bularga asosan shimoliy dengizlarda va shimol tuproqlarida yashaydigan mikroorganizmlar kiradi. Bu mikroorganizmlar 0° dan + 25 — 30° gacha bo`lgan temperatura sharoitida rivojlana oladi, ba`zan ular noldan past temperaturada ham juda sekinlik bilan o`sadi. Ikkinchi gruppaning temperatura optimimumi 20 — 35° bo`ladi. Bu gruppa mikroorganizmlar uchun temperatura 3° dan to 45 — 50° atrofida o`zgarib turadi. Bular mezofil mikroorganizmlar deb atalib, ko`pchiligi hamma joyda tarqalgan bakteriya va zamburug`lardir. Termofillar (termos - issiq). Bu guruhga mansub bakteriyalarga aktinomitsetlar, ba`zi bir ko`k – yashil suvt o`tlar misol bo`ladi. Termofill bakteriyalar yuqori temperaturada rivojlanadi. Bu bakteriyalarni A.A.Imshenetskskiy tubandagicha klassifikatsiyalaydi.: Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling