Mikroorganizmlarga tashqi muhit


Har xil nurlarning ta`siri


Download 128 Kb.
bet6/12
Sana02.01.2022
Hajmi128 Kb.
#199944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1363360134 42272

Har xil nurlarning ta`siri. Quyosh nuri va nur energiyalarining boshqa turlari ham mikroorganizmlarning rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sir bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita ta`sir nurlarning mikrob hujayrasi protoplazmasiga ta`siriga, bil­vosita ta`sir esa oziq substratining kimyoviy o`garishiga bog`liq.

Qisqa to`lqinli va fotokimyoviy ta`siri keskin ifodalangan quyosh nurining (to`lqin uzunligi 200—300 mm bo`lgan ultragunafsha qismi) yorurlik nuri eng kuchli ta`sir etadi. Bulardan tashqari, rentgen nurlari (to`lqin uzunligi 0,005—1 mm bo`lgan elektromagnit nur), g-nurlar (qisqa to`lqinli rentgen nurlari), b-zarrachalar yoki katod nurlari (yuqori tezlikdagi elektronlar), g-zarrachalar va neytronlar ham katta aktivlikka ega. Bu nurlarning bakteritsidlik yoki sterillash ta`sir darajasi yutilgan nur energiyasining miqdoriga bog`liq. Modomiki, Bact. сoli ning suvli suspenziyasi g-nurlar bilan ishlanganda nobud bo`lgan hujayralarning soni suspenziyaning kuyukligiga bog`liq bo`lmas ekan, bu nurlar hujayralarni muhitda zaharli moddalar hosil qilib emas, balki bevosita uldiradi, deb tahmin qilish kerak Lekin ayrim hollarda muhitning kimyoviy xususiyatlari ham bir vaqtda o`garishi mumkin, biroq, bu o`garishlar ikkilamchi harakterga ega va ularni biror yul bilan yo`qotish mumkin.

Ko`pchilik bakteriyalarning sporalari va vegetativ hujayralari nurlarning ta`sirini bir xil sezadi. Faqat ularning ba`zilari nurdan birmuncha boshqacha ta`sirlanadi. Hatto bakteriya­larning ayrim shtammlari o`rtasida ham bu sohada anchagina farq bo`ladi.

Hyp energiyasining nobud qilish ta`siri mexanizmi ancha murakkab. Ultragunafsha nurlar ta`sir etganda, to`lqin uzunligi 260 mm bo`lganda maksimum yutish qobiliyatiga ega bo`lgan nuklein kislotalar kabi moddalar yorug`lik kvantini yutishi kuzatiladi. Rentgen nurlari, g-nurlar va b- zarrachalar ta`sir etganda esa tez harakatlanuvchi elektronlar bilan protoplazma komponentlarining tuknashuvi ro`y beradi; bu, o`z navbatida, ionizatsiyaga olib keladi. Natijada, extimol, gidroqsil radikallari tipiga uxshash qandaydir yuqori reaktiv gruppachalar hosil bo`ladi. Ana shu gruppachalar hujayra protoplazmasida turli xil qo`shimcha reaksiyalar hosil qilib, ularni nobud qiladi. Modomiki, nurlar bir qancha fermentli sistemalarni inaktivlashtirar ekan, katalaza esa HS gruppa tutuvchi fermentlarni himoya qilar ekan, ular inaktivatsiyasi nur ta`sir etayotgan mikroorganizmlar hujayralari protoplazmasida vo­dorod peroksid hosil bo`lishiga bog`liq, deb tahmin qilish ke­rak.

Nur energiyalari hosil qiladigan kimyoviy o`garishlar nurlanishning qancha davom etishiga va tegishli nurlarning yutilish tezligiga proporsionaldir. Diametri 3—10 m li bakte­riya hujayrasini teshib utuvchi ultragunafsha nurlar bakteriyalarni hamda 10 minut nurlantirilganda (to`lqin uzunligi 292 mm bo`lganda) mog`orr zamburug`larining sporalarini nobud qiladi. Muhitga yorug`da yaltiraydigan buyok, (eozin, eritrozin va boshqalar) qo`shilganda nurli energiyaning ta`siri ortadi, bu hodisa fotodinamik effekt deb ataladi.

Mikroorganizmlarning rivojlanishiga ultraqisqa radio to`lqinlari ham katta ta`sir qiladi. Lekin ularning ta`sir qilish tabiati yuqorida aytilgan nurlarnikidan mutlaqo farq qiladi. Muhit orkali utayotganda ular kuchli issiqlik effekti bilan birga yuqori chastotali tok hosil qiladi. SHuning uchun nurlanayotgan jismning hajmi va ayrim qismlari qiziydi. Masalan, stakanda suv bo`lsa, 2—3 sekunddan keyin u qaynaydi, agar unga biror modda qo`shilgan bo`lsa, bunda qizish qo`shilgan moddaning tuzilishiga va uning dielektrik doimiysiga bog`liq bo`ladi.

Suv, sut va boshqa mahsulotlarni sterillashning ba`zi usullari turli xil nurlarning mikroorganizmlarga ta`siriga asoslangan.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling