Mikroprotsessor mp
Download 153.61 Kb.
|
1-4 темы Авт микропроц воситалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessorli sistemaning logik tuzilishi
Nazorat savollari
1. Programma bilan ta’minlash deganda nimani tushunasiz? 2. Programmalarning turlarini ayting. 3. Foydalanuvchini programmasiga tushuncha bering. 4. Sistemali programmaga tushuncha bering. 5. Maxsus programmaga tushuncha bering. 6. Rezidentli va krossli programmalarga tushuncha bering. Amaliy mashg‘ulot №4 Uzluksiz signallarni qayta ishlovchi protsessorlar. Ularning strukturasi va ishlash prinsiplari. (2 soat)Mikroprotsessorli sistemaning logik tuzilishi. Mikroprotsessor asosidagi haqiqiy elektron sistemasi ko’p vazifalarni bajaruvchi qurilmalarni (bloklarni) o’z ichiga oladi, ana shulardan bittasi MP. Sistemaning hamma qurilmalari standart interfeysga ega bo’ladi va yagona ma’lumotlar magistraliga ulanadi (4.1-rasm). Sistemaga qo’yilgan talabga ko’ra MP bitta kristalli yoki KIS, ko’p kristalli mikroprotsessorli komplekti asosida bitta platali qurilma bo’lishi mumkin. Sistemada MP markaziy boshqaruvchi va qiymatlarni arifmetik mantiqiy o’zgartiruvchi qurilma vazifasini bajaradi. MP, boshqaruvchi qurilma vazifasida sistemani mantiqiy qurilmalarini ketma-ket ishlashini ta’minlovchi sinxrosignallar ketma-ketligini va mantiqiy signallarni ishlab chiqadi. 4.1-rasm. MP li sistemaning mantiqiy tuzilishi Operandlar deb, MPni arifmetik – logik blokida amaliy o’zgartirishga mansub bo’lgan sonlarga aytiladi. Operandlar bo’lib boshlang’ich son, natija, o’zgarmas son yoki boshqa kattaliklar bo’lishi mumkin. Mikroprotsessorda amallar bitta yoki ikkita operandlar ustida o’tkazilishi mumkin. Mikroprotsessor sistemasida xotira har xil xotira qurilmalarida amalga oshirilishi mumkin. Xotiralar iqtisodiy-texnik nuqtai nazarga ko’ra yarim o’tkazgichli doimiy va operativ o’zgaruvchan xotira qurilmalarida tashkil etilishi mumkin. Yarim o’tkazgichli doimiy xotira qurilmasi (DXQ - PZU) sistemaning ishlash jaraenida avvaldan yozilgan qiymatlarni faqat o’qishga imkon beradi. Yarim o’tkazgichli tez o’zgaruchan operativ xotira qurilmasi (O’XQ-OZU) qiymatlarni operativ yozib va o’qishni ta’minlaydi (mikroprotsessorni ishlash tempiga mos tushadigan). O’XQ ning kamchiligiga ularning manbaga bog’liqligi kiradi, ya’ni manba o’chsa ma’lumotlar yo’qoladi. Sistemaning xotirasi adreslanadi, ya’ni har bir so’z xotira yacheykasiga o’zining noyob (unikal) adresi bilan yoziladi. So’z bu ikkilik sonlarning ikkilik razryadlarining yig’indisidir. Xotiradan sonlarni o’qish (olish) yoki xotiraga sonni yozish uchun xotiraning adresini aniq berish kerak. Qiymatlarni kirituvchi qurilma (UVV) – bu qurilmalar, vositalar, MP ning registriga yoki xotiraga qiymatlarni tashqaridan (klaviaturadan, boshqaruvchi pultdan, perfolentadan, perfokartadan, magnit lentalaridan, kasseta, diska, dispetcherlardan) uzatish vazifasini bajaradi. Qiymatlarni uzatuvchi qurilmalar (UVV) – bu qurilmalar, vositalar MP ning registrlaridan yoki xotira yacheykasidan (displey, pechatlaydigan qurilma, tashqi xotira qurilmasi, boshqaruvchi qurilma va sh. o’xsh.) qiymatlarni o’qish vazifasini bajaradi. Kiritish-chiqarish uchun ishlatiladigan har xil qurilmalarni, ularni hamma bog’lanishlarini va xabarlarini standart ko’rinishga keltirish zarur, ya’ni interfeyslarni moslash kerak. Buning uchun ma’lumotli kontroller (informasion kontroller – IK) degan maxsus apparat blokidan foydalaniladi. Bu ma’lumotli kontroller MP ning ma’lumotli magistraliga ulanish tomonida standart interfeysga ega, kiritish-chiqarish qurilmalari tomonidan esa standart bo’lmagan interfeysga ega (interfeys – bog’lanishning o’zgartirgich vazifasini o’taydigan qurilmadir). Mikroprotsessor O’XQ, DXQ, kiritish-chiqarish qurilmalari bilan birgalikda mikroEHM ni tashkil etadi. Download 153.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling