Mikroprotsessor mp
Modellashtiradigan programmalar
Download 153.61 Kb.
|
1-4 темы Авт микропроц воситалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kross assembler
- Sozlovchi programmalar.
Modellashtiradigan programmalar.
Bular mashinalararo krosskompyuterli programmalardir. Bu programmalar foydalanuvchiga, ob’ektning programmasini, mashinasi bo’lmasa ham sozlab olishga imkon beradi. Modellovchi programma foydalanuvchini boshqarishi tufayli mikroEHM ning ob’ekt programmasini bajarilishini modellashtiradi. Modellashtiradigan programmalar modellashtirilayotgan mikroEHM va MP registrlarining xotira qiymatlarini displeyga chiqarib beradi va ular bilan ishlaydi. Programma tekshiriladigan joylarni belgilaydi, natijada shu nuqtaga (adresga) yotganda programmaning bajarilishi to’xtatiladi. Buyruqlarni bajarilishi bo’yicha ularni har birini alohida qatorda listingini pechatga chiqarib beradi (adreslarining oblastlarini ko’rsatgan holda). Modellashtiridigan programma programmaning boshlanishidan uni to’xtagunigacha bajarishga ketgan vaqtni, buyruqlar sonini yoki mashina tekstlari to’trisida ma’lumot beradi. Kross assembler. Kross assembler programmalashtiruvchi va sozlovchi vositalarga kiradi. Kross assemblerlar – bular boshqa EHM da (MP) ishlovchi assemblerlardir. Bunday holda ularni kross EHM, kross mikroEHM deyiladi. Kross assemblerlar bu kross EHM uchun mo’ljallangan (asosiy) mikroEHM ni programma bilan ta’minlash maqsadida ob’ektning programmalarini yaratadi. Sozlovchi programmalar. Sozlovchi programmalar mikroEHM da ob’ektning programmasini sozlashni yengillashtiradigan rezidentli programmalardir. Ular foydalanuvchidan quyidagi vazifalarni bajarish uchun buyruqlar qabul qiladilar: – doimiy xotiradagi yoki mikroEHM ning erkin o’zgaruvchan xotirasidagi qiymatlarni hamda markaziy protsessorni registrlarining qiymatlarini displeyga (pechatga) chiqarish uchun; – o’zgaruvchan xotira qurilmasini o’zgartirish uchun: – programmani ko’rsatilgan (belgilangan) adresdan bajarish uchun: – qo’yilgan shart bajarilganda yoki programmani bajarilishi ma’lum xotira qurilmasidagi buyruqqa yetganda programmani bajarilishini to’xtatish uchun. Sozlovchi programma yordamida programmani bajarilishini uning ishlashga ta’sir etmasdan (aralashmasdan) haqiqiy vaqt oralig’ida kuzatish mumkin. Foydalanuvchining programmasini bajarilishi tugayotganda (vaqtincha to’xtatilayotganda) bu modulning qiymati programmalash vositalari orqali tiklanishi va programmani logik bloki yoki operator orqali o’zgaruvchan qiymat bilan solishtirilishi mumkin. Vaqtincha to’xtatuvchi registrga murojaat qilish, u bilan ishlash, kiritish-chiqarish qurilmalari bilan birga ishlash, ularga murojaat qilishga o’xshashdir. Vaqtincha to’xtatuvchi registr, MP ni boshqarish shinalari holatini nazorat qilishga imkon beradi. Download 153.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling