996-yilda – qoraxoniylar Movarounnahr tomon ikkinchi hujumi
1006 va 1008-yillarda – qoraxoniylar Xuroson ustiga (G’aznaviylar davlatiga) ikki marta qo’shin tortadi
1038-yilda – Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’yi viloyatlari — Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Natijada Qoraxoniylar davlati ikki qismga bo’linib ketdi
XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda – Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar — ko’chmanchi qoraxitoylar (mo’g’ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo’ldi
1137-yilda – qoraxitoylar Xo’jand yaqinidagi jangda qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdi
1141-yilda – bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylar g’alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi
XI–XII asrlarda – «dehqon» degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi o’z ma’nosini yo’qotdi
859-955- yillar Qoraxoniylar asoschisi Abulkarim Sotuk Bug’roxon y.y
XORAZMSHOHLAR DAVLATI
995-yilda – Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi. Shu tariqa afrig’iylar sulolasi barham topib, Ma’muniylar hukmronligi boshlandi. (711-yilda arablarning hujumi oqibatida Xorazm ikki qismga bo’linib ketgan edi)
1017-yilda – Mahmud G’aznaviy Xorazmni egallab, ma’muniylarga barham berdi
1040-yilda – Xorazim Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi.
Anushteginlar sulolasi (1040-1231)
1) Anushtegin (1040-1097)
2) Qutbiddin Muhammad (1097-1127)
3) Otsiz (1127-1156)
4) Elarslon (1156-1172)
5) Sultonshoh Mahmud (1172)
6) Takash (1172-1200)
7) Alovuddin Muhammad (1200-1220)
8) Jaloliddin Manguberdi (1220-1231)
XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |