1153-yilda – Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar.
1187-1193-yillarda – Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi.
1194-yilda – Takash Eronni Xorazmga qo’shib oldi
1206-yildan boshlab – Alovuddin Muhammad Movarounnahrni qoraxitoylaning qaramligidan ozod etishga kirishdi
1210-yilda – Alovuddin Muhammad Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchratib, Yettisuvgacha bo’lgan yerlarni Xorazmshohlar davlati tasarrufiga oladi
XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi
shimoli g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillari;
shimoli sharqiy chegarasi Yettisuv va Dashti Qipchoq;
janubi g’arbda Iroq;
janubi sharqiy hududlari G’azna viloyati;
1210-yilda – Xorazmshohlarga qarshi O’tror aholisi qo’zg’olon ko’tardilar
1212–yilda – Xorazmshohlarga qarshi Samarqandliklar qo’zg’olon ko’tardilar
O’RTA OSIYOLIK MUTAFAKKIRLAR. ILM – FAN RAVNAQI
IX asrda – Bag’dod shaharda «Bayt ul–hikma» tashkil etildi.
«Bayt ul–hikma»da ishlagan olimlar: Al–Xorazmiy, Ahmad al–Farg’oniy, Ahmad al–Marvaziy, al–Abbos Javhariy va Yahyo bin Abu Mansur kabi Movarounnahr va Xurosonlik olimlar ijod qilgan
MUHAMMAD IBN MUSO AL–XORAZMIY (783–850) xalifa Ma’mun (813-833) zamonida «Bayt ul–hikma»da mudirlik qildi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan.
XII asrdayoq «Al–jabr val–muqobala» kitobi Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi
ABUL ABBOS AHMAD IBN MUHAMMAD IBN KASIR AL–FARG’ONIY (797-865) 8 ta asari bizgacha yetib kelgan. Asari: “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”. Bu kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi
Do'stlaringiz bilan baham: |