Миллий иқтисодиётни модернизациялаш шароитида корхоналар моддий-техника таъминоти тизимини такомиллаштириш йўллари
Korxonalarni moddiy-texnika ta’minoti tizimini takomillashtirish yo`llari
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4926 uzsmart.uz
2.3 Korxonalarni moddiy-texnika ta’minoti tizimini takomillashtirish yo`llari
Korxonalarni texnikaviy modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalarni tahlilni tashkil qilish korxonalar mavjud asosiy vositalarni tejamkorlik bilan ishlatib eskirib bo`lgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarib yangisini sotib olish kerak bo`ladi va resurslardan oqilona foydalinishni talab qiladi. Yil davomida asosiy vositalar tarkibida o`zgarishlar ro`y beradi. Sotib olingan va qurib bitkazilgan obyektlarni ishga tushirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish tufayli asosiy vositalar safi kengayadi. Jismoniy va ma’naviy eskirish tufayli ularni bir qismi safdan chiqariladi. Asosiy vositalarning tabiiy sharoitlar ta’sirida va ulardan foydalanish jarayonida uning moddiy tuzilishida ichki o`zgarishlar (zanglash, chirish ) sodir bo`lganda boshlang`ich holatining yo`qolishi tufayli jismoniy eskirish ro`y beradi. Asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish ularni ta’mirlash (joriy, o`rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlash - asosiy vositalar obyektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. O`rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash – agregatni to`liq ajratib yig`ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig`ish, sozlash va sinab ko`rishdir. Uskunalar (ishlab chiqarish uskunalari, mashinalar) vaqt jihatdan kalendar, rejim va yillik ish vaqti fondlariga bo`linadi. Mashina va uskunalardan shunday foydalanish kerakki asosiy vositalarga ham ishlovchi xodimlarga ham yaxshi bo`lishini korxonalarda ta’minlay bilishimiz kerak. Bunday natijalarga erishishimiz uchun biz nima ishlarni amalga oshirishimiz mumkin bo`ladi? Masalan, biron bir korxonadani oladigan bo`lsak u korxonada albatta asosiy vositasi mavjud bo`ladi. Asosiy vositalarni korxonaga olib kelgan vaqt u asosiy vositani hujjati bo`ladi, u xujjatida uskunami, mashinami necha soat ishlatish 55 mumkinligi, qanaqa haroratda ishlatish kerakligi va uni xujjatidagi talablarga qarab ishlatganimizda bu asosiy vositamiz necha yilga xizmat qilishi kerakligi rasmiylatirilgan bo`ladi. Shunday ekan asosiy vositalarga nisbatan befarq bo`lmasligimiz kerak. Bunday natijalarga erishishimizda bir necha koeffisientlarni ko`rib chiqishimiz kerak bo`ladi. Bu ko`rsatkichlar quyidagilardan iborat. Kalendar vaqt fondi koeffisienti mashina, uskunalarni yil davomida ishlagan vaqt fondini kalendar bo`yicha vaqt fondiga bo`lish orqali aniqlanadi. Uskunalarni rejim vaqt fondidan foydalanish koeffisientini aniqlash uchun yillik vaqt fondini rejim vaqt fondiga bo`lish lozim. 2.3.1-jadval Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling