Миллий иқтисодиётни модернизациялаш шароитида корхоналар моддий-техника таъминоти тизимини такомиллаштириш йўллари
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4926 uzsmart.uz
Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar o`z samarasini ko`rsatib kelmoqda. Chetdan kirib kelayotgan xorij tajribalari va yangiliklar jamiyatimizda sodir bo`layotgan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga o`z ta’sirini o`tkazmasdan qolmayapti. Bitiruv makakaviy ishinining natijalaridan quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin: 1. Korxonalarning moddiy-texnika ta`minotini modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar tahlilini yo`lga qo`yish hamma korxonalar faoliyatida unchalik yaxshi rivojlangan deb bo`lmaydi shunday ekan korxonalar faoliyatini yaxshilash va foyda olish uchun harakat qilar ekanmiz buning uchun korxonalardagi har bir faoliyat turlarini tahlil qilishni yo`lga qo`yish kerak; 2. Korxonalarni texnik modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar tahlilining korxonalar faoliyatini tahlil qilishni yo`lga qo`ygandan so`ng Korxonaning har bir ko`rsatkichlarini ma`lum usullardan foydalangan holda tahlil qilishni kuchaytirish lozim; 3. Korxonalarning texnikaviy darajasini ko`tarishga xizmat qiladigan, qo`l kuchini osonlashtiradigan va ish unumini tezlashtiradigan bu asosiy vositalardir va ulardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. 4. Korxonalarning asosiy vositalarni tahlil qilishda ko`rsatkichlar, usullar orqali aniq va sodda qilib tekshirish va tahlil qilish lozim. Ayniqsa, sanoat korxonalari asosiy vositalarini baholashda bu ko`rsatkich muhim sanaladi. 5. Korxonalarda asosiy vositalarni baholash va tahlil qilishda eng ishonchli axborot manbasi bo`lib, moliyaviy hisobot ma`lumotlari hisoblanadi. 6. Korxonalarda mavjud bo`lgan asosiy vositalar bo`yicha yaroqlilik, yangilanishlarni aniqlash bilan bir qatorda ko`rsatkichlar asosida asosiy vositalar ta`mirlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 7. Korxonaning asosiy vositalarini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimi asosida uning faoliyatini tahlil qilib, tahlil natijalarida foydalanishni yo`lga qo`yish, ya`ni erishilgan 62 natijalar asosida imkon qadar yuqori foyda olish maqsadida chora-tadbirlar belgilash lozim: - korxonada marketing tadqiqotlarini samarali yo`lga qo`yish talab etiladi. Maxsulotlarni sotishda bozorlarni tanlash, ularnung sig`imini aniqlash, raqobatchilar to`g`risida to`liq axborotlarga ega bo`lish keyingi istiqbollarni belgilab beradi; - korxonada yetuk mutaxassis kadrlar mavjud, lekin ularni qayta o`qitish tizimi samarali yo`lga qo`yish lozim. Kadrlar malakasini oshirish bu davr talabidir; - hozirda vino va aroq uchin mo`ljallangan shisha idishlar chetdan olib kelinadi. Agarda xorijiy investitsiyalar jalb qilinib zamonaviy texnikalar asosida bu boradagi yangi loyixalar amalga oshirilsa korxona yanada rivojlangan bo`lar edi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling