Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


O‘rta paleolit-mustye davri arxeologiyasi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

O‘rta paleolit-mustye davri arxeologiyasi. O‘rta paleolit-mustye 
davri (mil. avv. 120/10040 ming yillik) ikki bosqichda rivojlangan. 
Ilk bosqichi - riss vyurm va rivojlangan bosqichi vyurm muzligi 
davriga to‘g‘ri keladi. Riss-vyurm muzlik oralig‘i davrida yer yuzida 
ashel davridagi kabi issiq iqlim sharoiti hukm surgan. Yer yuzining 
shimolida igna bargi, janubida esa keng yaproqli o‘rmon egallagan. 
O‘rta paleolit davrining ikkinchi bosqichida yer yuzi sovib, 
muzlik davrining vyurm bosqichi boshlanadi. Muzlikning chegarasi 
yer sharining 4548 shimoliy kenglidan o‘tgan. Muzlik davrida ob-
havo keskin sovib, muzlanish yuqori darajaga chiqadi. Muzlik oldi 
yerlar tundrani tashkil etgan. Muzlikdan chekkada joylashgan 
janubiy o‘lkalarda namchi plyuvial iliq iqlimli ob-havo sharoiti 
hukm surgan. 
O‘rta paleolit davrida odamlarning soni ko‘payib, ular yashaydigan 
hududlar doirasi kengayib boradi. Ibtidoiy odamlar ashel davriga 
qaraganda kengroq hududlarni egallaydi. Ular yevrosiyoning 
chekka hududiga, hatto shimoliy qutbgacha yetib borib, sovuq iqlim 
sharoitiga moslashadi. Yevrosiyoning alohida mintaqalarda o‘rta 


30 
paleolit davriga oid yuzlab yodgorliklar topib o‘rganilgan. Masalan, 
birgina O‘rta Osiyoda 300 ga yaqin turli yodgorlik ma’lum. 
Bu davrda moddiy madaniyat yanada rivojlanadi. Bu jarayon ko‘proq 
tosh qurollariga ishlov berish usulining takomillashishi, turi va sonining 
ko‘payishi hamda ibtidoiy kulbalarni qurishda namoyon bo‘ladi. 
O‘rta paleolit davrida tosh qurollariga ishlov berishning 
levallua texnikasi yanada mukammallashadi. Tosh qurollari zarb 
maydonchasi tekis nukleusdan sindirib olingan silliq tosh bo‘lagidan 
yasala boshlaydi. Mustye davrida yasalgan ixcham tosh qurollari 
ilgargi nusxasidan ishlash uchun qulayligi va ish samaradorligining 
yuqoriligi bilan farq qilgan. 
1.Prizmasimon nukleus 2.Gardishsimon nukleus 4-5. 
Sanchqi 6.Qo‘l chuqmori 
Tosh quroliga ikkilamchi ishlov berish, ya’ni retushlash usuli yanada 
takomillashadi. Qurolning tig‘ini siqib, yoki ushatib retushlash usuli 
paydo bo‘ladi. Retushlash natijasida hosil bo‘lgan tishli yoki arrasimon 
tig‘i, ularning ish samaradorligini yanada oshirgan. Retushlashni faqat 
chaqmoqtoshdan yasalgan qurolga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan. 
Chaqmoqtosh Yevrosiyoning barcha yerlarida uchramaydi, u ko‘proq 
materikning g‘arbiy qismida tarqalgan. Chaqmoqtosh noyob bo‘lgan 
joylarda tosh qurolini yasash uchun chaqmoqlashgan tosh navi, 
qayroqtosh va daryo toshidan foydalanilgan. 
O‘rta paleolit davrining ikkinchi yarmida vyurm muzligi davri 
boshlangandan so‘ng eng qadimgi odamlar sovuqdan saqlanish 
uchun tabiiy g‘orlarni egallaydi. Tekisliklarda yashagan ibtidoiy 
odamlar jon saqlash uchun sun’iy kulbalar barpo etishga majbur 
edilar. Muzlik davrida tabiiy olov 


31 
ibtidoiy odamlarni sovuqdan saqlaydigan issiqlik manbai va yirtqich 
hayvonlardan himoyalanish vositasi bo‘lishdan tashqari, ibtidoiy 
to‘daning jipsligini mustahkamlashga ham yordam bergan. Ayniqsa, 
olovda pishirilgan go‘sht mahsuloti ibtidoiy odamlar tafakkurining 
o‘sishiga ijobiy ta’sir qilgan. 
O‘rta paleolit (mustye) davriga kelib, eng qadimgi odamlar O‘rta 
Osiyoning barcha hududini egallaydi. Bu davrga oid makonlar Kaspiy 
bo‘yidan sharqda Pomir tog‘ining baland qismigacha, shimolda 
Qozog‘istondan janubda Turkmanistonning Kopetdog‘ etaklarigacha, 
shimoli-g‘arbda Ustyurtgacha bo‘lgan yerlarda tarqalgan. O‘rta 
Osiyoning o‘rta paleolit davriga oid makonlarining ko‘pchilik qismi 
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining tog‘ va tog‘ oldi hududida 
joylashgan. Arxeolog olim V.A.Ranov O‘rta Osiyoning paleolit 
davri yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarining yasalish usuliga 
ko‘ra, ularni levallua, levallua-mustye, tog‘li mustye, mustye-saon 
madaniyatlari yoki guruhlariga ajratgan. Keyinchalik M.R.Qosimov 
Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makoni tosh qurollariga asosan tishli 
mustye usulini kiritgan. R.X.Suleymanov esa mazkur davr tosh qurollari 
ishlanish usuliga ko‘ra ikki guruhdan iborat bo‘lgan, deb hisoblaydi. 
O‘zbekiston hududagi o‘rta paleolit 
davriga oid Ko‘lbuloq, Obirahmat, 
Teshiktosh, Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, 
Zirabuloq makonlari madaniy qatlamli, 
arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan 
yodgorliklar hisoblanadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling