Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Teshiktosh g‘or-makoni. O‘rta paleolit davri makonlari 
orasida Teshiktosh g‘or-makoni nafaqat O‘rta Osiyoda, balki, 
dunyoga mashhur yodgorliklardan biridir. G‘or-makon Boysun 
tog‘ining janubiy yonbag‘rida dengiz sathidan 1500 m balandlikda 
joylashgan. G‘or-makonda qalinligi 1,5 dan iborat beshta madaniy 
qatlam aniqlangan. Makondan 2859 dona chaqmoqtoshli ohaktosh 
va qisman yashmasimon chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar 
topilgan. Ulardan 2520 donasi tosh qurollarni yasash jarayonida 
hosil bo‘lgan uchrindi va 339 donasi kundalik hayotda ishlatilgan 
tosh qurollari bo‘lib, ular nukleus, yirik to‘g‘nagich, qirg‘ich va 
sanchqilardan iborat. 


33 
Teshiktosh g‘oridan topilgan hayvon suyaklarining ko‘proq qismi 
tog‘ echkisi qisman bug‘u, ot, ayiq, giena, leopard, quyon, kemiruvchilar 
va qushlarga tegishli. Teshiktoshliklar ko‘proq tog‘ echkisi, keyingi 
o‘rinda boshqa hayvonlarni ov qilgan. Termachilik yordamchi xo‘jalik 
turini tashkil etib, mavsumiy xususiyatiga ega bo‘lgan. 
Teshiktosh g‘or-makoni topilmalari majmuasi 
G‘or-makonining yuqori madaniy qatlamidan ibtidoiy odamning 
bosh chanoq suyagining maydalangan bo‘laklari topilgan. Suyaklar 
maxsus chuqurga dafn qilinib, atrofiga tog‘ echkisining bir juft shoxi 
terib qo‘yilgan. Antropolog olim M.M.Gerasimov mayda bo‘laklardan 
iborat suyaklarni qayta tiklab, o‘rta paleolitning ilk bosqichida 
yashagan 8-9 yoshdagi neandertal bolaga tegishli ekanligini aniqlagan. 


34 
Zarafshon vohasida o‘rta paleolit davriga oid Omonqo‘ton g‘or- 
makoni, Go‘rdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Olmabuloq va Xo‘jamazgil 
kabi ochiq joy makonlari joylashgan. Bu makonlar o‘rta paleolit 
davrining barcha bosqichlari tarixidan darak beradi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling