Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Angillak g‘or-makoni. G‘or-makon Qoratovning janubi-sharqiy 
tomonidagi Oyoqchisoyning yuqorisida, uning shimoli-g‘arbiy qis- 
mida joylashgan. G‘or-makon ayvonsifat ko‘rinishga ega bo‘lib, 
janubi-sharq tomonga qaragan. Qazishma davomida ko‘p sonli tosh 
qurollari, hayvon suyaklari va odam oyog‘i kaft suyagining bir bo‘lagi 
topilgan. Tosh qurollari kvars va qayroqtoshdan yasalgan. Ularning 
o‘lchami ancha kichik. 
G‘or-makon hududida sun’iy kulba qoldiqlari aniqlanmagan. 
Angillak g‘orida yashagan ibtidoiy odamlar g‘or ayvoni atrofida 
barpo qilgan yengil kulbada yashagan bo‘lsa kerak. 
Oxirgi arxeologik qazish ishlarining natijasiga asosan tad- 
qiqotchilar g‘or-makonni mustye davri bilan sanalagan. 
Janubiy Tojikiston respublikasi tog‘ va tog‘oldi vodiysidagi Og‘zi 
kichik, Qorabura va Oqjar, Qirg‘iziston respublikasi hududagi Tossor 
va Georgiy do‘ngligi kabi makonlar o‘rta paleolit davrining muhim 
yodgorliklaridir. Ulardan turli xil tosh qurollari va hayvon suyaklari 
topib o‘rganilgan. Ushbu makonlarda yashagan odamlar mahalliy 
tog‘ hududida tarqalgan hayvonlarni ov qilib, o‘simliklarni terib- 
termachilab kun kechirgan. 
Ma’lumki, o‘rta paleolit davridan eng qadimgi odamlar ongida 
narigi dunyo to‘g‘risidagi tushunchaning dastlabki kurtagi shakllana 
boshlaydi. Eng qadimgi odamlar olamdan o‘tgan yaqinlarini maxsus 
qabrda dafn eta boshlaydilar. O‘rta paleolit davriga oid qabrlar 
Yevrosiyoning ko‘pgina yodgorligidan topib o‘rganilgan. Ulardan Spi 
(Belgiya), Bufiya va Lya Ferrasi (Fransiya) g‘orlari, Karmen tog‘idagi 
Et Tabun va Es Sxul (Falastin) g‘orlari, Kiyik-Koba g‘ori (Qrim), 
Denisova g‘ori (Oltoy), Teshiktosh g‘orlarida marhumlar maxsus 
dafn etilgan qabrlar aniqlangan. Obirahmat g‘or-makonidan ham 
eng qadimgi odam suyagi topilgan. Bu davrdagi qabrlarda bir va bir 
nechta mayitlar ko‘milgan. Masalan, Lya Ferrasi g‘oridan bir joydan 
olti nafar odam suyagi topilgan. 


36 
Eng qadimgi odamlarda dafn etish malakasi qanday paydo 
bo‘lganligi ma’lum emas. Bu borada olimlar o‘rtasida turli ilmiy 
munozara davom etmoqda. U birinchidan gigiena talabidan kelib 
chiqilgan bo‘lsa, boshqa tomondan ularning ongida narigi dunyo 
to‘g‘risidagi tushunchaning shakllanganidan darak berishi mumkin. 
O‘rta paleolit davri eng qadimgi odamlari marhumni o‘zlari 
yashab turgan g‘or atrofida, chuqur kovlab dafn qilgan. Marhum yon 
tomoni bilan gujanak holda yotqizilib, oyoq va qo‘llari bukilgan va 
kaftlari yuziga qo‘yilgan. Bu bir tomondan odamning uxlayotgan 
holatni, boshqa tomondan esa ona qornidagi homilani eslatadi
ehtimol unga taqlid qilingan bo‘lishi mumkin. 
O‘rta paleolit davrining odamlari ongida diniy tushunchalarning 
qanchalik shakllanganligi ma’lum emas. Moddiy topilmalar, xususan, 
suyakdan yasalgan buyumlarning sirtiga chizilgan chiziqlarni 
tadqiqotchilar dastlabki tasviriy san’at namunasi sifatida qaraydilar. 
O‘rta paleolit davriga kelib odamlar yashaydigan hududlar 
chegarasi kengayib, Yevrosiyoning barcha yerlarini egallaydi. 
Moddiy madaniyat va xo‘jalik sohalarida katta yutuqlarga erishiladi. 
Xususan, tosh qurollariga ishlov berish usuli takomillashib, ularning 
turi yanada ko‘payadi. Ijtimoiy munosabatlar murakkablashadi, 
urug‘ jamoasining dastlabki kurtaklari shakllana boshlaydi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling