Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘tirbuloq makoni.
Omonqo‘ton g‘or-makoni. Samarqand shahridan 45 km janubda,
Zarafshon tog‘ tizmasi yonbag‘ridagi Omonqo‘ton qishlog‘i yaqinida joylashgan g‘or-makon o‘rta paleolit davrining noyob yodgorligi hisoblanadi. Omonqo‘ton g‘ori joylashgan tog‘li hudud archazor o‘rmonni tashkil etib, hayvonot va o‘simlik dunyosiga nihoyatda boy bo‘lgan. Yodgorlikdan chaqmoqtosh, kvars, diorit toshidan yasalgan qurollar va hayvon suyaklari topilgan. Tosh qurollari sanchqi, chopqi, kesish maqsadida ishlatilgan yupqa qurol va nukleuslardan iborat. Suyak topilmalari arxar, ayiq, ibtidoiy buqa, tog‘ echkisi va mayda kemiruvchilarga tegishli. Arxar va qo‘ng‘ir ayiqlarning suyagi ko‘pchilikni tashkil etadi. Ayiq kabi yirtqich hayvonni o‘ljaga tushirish uchun ovchilar guruhidan uyushqoqlik va mahorat talab etilgan. G‘or- makon ibtidoiy sayyor ovchilarning ov mavsumida boshpana vazifasini o‘tagan. Qo‘tirbuloq makoni. Qo‘tirbuloq makoni Samarqand shahridan taxminan 100 km janubi-g‘arbda, Zirabuloq tog‘i etagidagi buloq yonida joylashgan. Makon beshta madaniy qatlamga ega bo‘lib, undan chopper, chopping, nukleus, qirg‘ich, teshgich, nayza uchi va uchrindilar topilgan. Ular chaqmoqtosh, diorit, kvarsit va daryo toshlaridan yasalgan. Suyaklar ot, buqa (tur), buxoro bug‘usi, qulon kabi hayvonlarga oid. Suyaklarning yarmidan ortig‘i otga tegishli. Shuningdek, filning pastki jag‘ suyagi ham mavjud. Qo‘tirbuloqlik ibtidoiy ovchilarning asosiy ov o‘ljasi yovvoyi ot hisoblangan. Keyingi o‘rinda to‘da bo‘lib yashaydigan bug‘u, qulon va boshqa hayvonlar ov qilingan. Termachilik xo‘jalikning yordamchi tarmog‘ini tashkil etgan. Qo‘tirbuloq makonidan 1 km sharqda, Zirabuloq chashmasi yonida shu nomli makon joylashgan. Makondan 1000 dan ortiq tosh qurollari topilgan. Ular o‘lchami har xil nukleus, qirg‘ich, nayza uchi, pichoq va randa sifatida ishlatilgan tosh qurollaridan iborat. Tosh qurollari o‘rta paleolit davrining rivojlangan bosqichiga oid usulda yasalgan. 35 Zarafshon vohasining boy tabiati eng qadimgi odamlarning yashashi uchun qulay sharoit hisoblanib, o‘rta paleolit davrining barcha bosqichiga oid yodgorliklar aholining muntazam yashaganligidan dalolat beradi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling