Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obishir madaniyati.
Qo‘shilish makon. Qo‘shilish Toshkent vohasi vohasining mezolit
davriga (mil. avv. X–IX ming yilliklar) oid eng qadimgi joy makon. Makon yomg‘ir suvida yuvilib, uning saqlanib qolgan qismidan chaqmoqtoshdan yasalgan 200 dan ortiq turli xil tosh qurollar va qo‘y, echki, qora mol suyaklari topilgan. Ushbu makon Qo‘shilish madaniyati sifatida ajratilgan. 51 Toshkent vohasining boshqa joylaridan ham mezolit davriga oid makonlar topilgan. Bo‘zsuv anhorining Qoraqamish jarligiga quyiladigan joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan Shoimko‘prik yaqinidagi Bo‘zsuv I, deb nomlangan makondan mezolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Tosh qurollari nukleus, plastinkasimon tosh quroli va mikrolitlardan iborat. Vohaning boshqa joylarida ham hozirgi payda aniqlanmagan mezolit davri makonlari mavjud bo‘lganligi, tabiiy. Toshkent vohasining mezolit davri aholisi ovchilik va termachilik bilan kun kechirgan. Obishir madaniyati. Farg‘ona vodiysida 40 dan ortiq mezolit davri g‘or-makon va ochiq joy-makonlari aniqlangan. G‘or makonlar tog‘ hududlarida, joy makonlar esa tekislik hududida joylashgan. So‘x daryosining yuqori oqimida joylashgan Obishir I, V va Toshko‘mir g‘or-makonlari yaxshi o‘rganilgan. Ularning madaniy qatlamidan tosh qurollar (mikrolit, qirg‘ich, qadama, o‘roq-randa, nukleus va boshqalar), suyakdan yasalgan anjomlar, chig‘anoq, tosh va suyakdan yasalgan taqinchoq hamda yovvoyi hayvon suyaklari topib o‘rganilgan. Toshko‘mir makonidan topilgan tosh qurollar Obishir namunalarga o‘xshash. Ulardan plastinkasimon (paraxasimon) va mikrolit tosh qurollari va yovvoyi hayvon suyaklari topilgan. Farg‘ona vodiysining markaziy tekisligida qadimgi ko‘llar bo‘yida joylashgan Ashiko‘l 2, 3, 16, Yangiqadam 1, Taypoqko‘l (Toypoq 3, 5, 7) va boshqa makonlarning ustki qismidan chaqmoqtosh, slanes va qayroqtosh yasalgan qurollar terib olingan. Tosh qurollari asosan mikroplastinka shaklidagi tosh bo‘lagidan yasalgan. Geometrik shakldagi mikrolit qurollar uchramaydi. Farg‘ona vodiysining mezolit davriga oid barcha yodgorliklari umumiy Obishir (IX–VIII ming yilliklar) madaniyati nomi bilan yuritiladi. Bu madaniyatga mansub aholi dastlab tog‘dagi g‘orlarda yashab, ovchilik va termachilik xo‘jaligi asososida hayot kechirgan. Obishir madaniyatining rivojlangan bosqichda odamlar Farg‘ona vodiysining tekislik qismidagi qadimgi ko‘llar atrofidagi yerlarga kelib joylashgan. Bu yerda ibtidoiy odamlar yerto‘la uy-joylarda yashagan. Ovchilik, baliqchilik va termachilik xo‘jaligini yuritgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling