Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Old Osiyoning mezolit davri xususiyatlari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Old Osiyoning mezolit davri xususiyatlari. Old Osiyo muzlikdan 
uzoqda joylashgan bo‘lib, iqlimi iliq namgarchilik mig‘dori yuqori 
bo‘lgan. Bu hududning fauna va florasi sovuq iqlimli hududlar keskin 
farq qilgan. Bunday qulay tabiiy sharoit ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi 
xo‘jalik shaklining erta vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Bu yerda 
madlen davridan boshlab ixtisoslashga o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli 
qaror topa boshlaydi. 
Yaqin Sharq hududida mezolit davri Natufiy madaniyati faoliyat 
yuritadi. Natufiyliklar Karmel tog‘dagi g‘or-makonlarda va tog‘ 
yonbag‘ri tekisligida sun’iy qurilgan yerto‘la uylarda o‘troq hayot 
kechirib, ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shaklini yurittgan. 
Natufiy madaniyatga oid Eynan manzilgohidan 50 dan ortiq oval 
shaklli yerto‘la uy-joylar o‘rganilgan. Aholi o‘troq hayot kechirib
pasttekislikda yashovchi yovvoyi hayvonlarni ovlab, boshoqli 
o‘simliklar-bug‘doy, arpa donini terib yeyish va suv havzasi yaqinida 
baliqchilik bilan kun kechirgan. Tosh qurollari chaqmoqtoshdan 
yasalgan mikroplastinka va mikrolitdan iborat bo‘lib, ular o‘roq 
qadamasi, kamon o‘qining uchi sifatida ishlatilgan. Suyakdan garpun, 
bigiz, qarmoq va munchoqlar yasalgan. 


49 
Iroqning shimolida Zagros tog‘ida ham mezolit davri ixtisoslashgan 
o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shaklini yuritgan aholining makonlari o‘rganil- 
gan. Ulardan Shanidar g‘or-makoning yuqori qatlami, Zevi-Chemi- 
Shanidar, Karimshaxir, Tellmelefaat va boshqa yodgorliklari mezolit 
(mil. avv. XIX ming yilliklar) davrining muhim makonlari hisoblana- 
di. Makonlardan yovvoyi hayvonlar suyagi va boshoqli o‘simliklarning 
don qoldig‘i topib o‘rganilgan. Tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasal- 
gan geometrik (sigment, trapetsiya) shaklli mikrolit va silliqlangan 
tosh boltadan iborat. Eronning sharqiy qismida mezolit davriga oid 
Kamarbandi, Xotu kabi makonlarda yashagan aholining xo‘jaligi va 
moddiy madaniyati qo‘shnilaridan unchalik farq qilmaydi. 
Old Osiyoning ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikka asoslangan 
madaniyatlar negizida neolit davrida ilk ishlab chiqarish xo‘jalik 
shakllari – dehqonchilik va chorvachilik vujudga keladi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling