Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Afrikaning olduvay davri xususiyatini tavsiflab bering? 
2. Eng qadimgi odamlar migratsiyasi yo‘nalishlarini ko‘rsatib bering? 
3. Yevropaning ashel davri xususiyatini bayon qiling? 
4. O‘rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi xususiyatlarni bayon qiling? 
5. O‘rta Osiyoning mustye davri xususiyatlarini izohlab bering? 
6. O‘rta Osiyoning so‘nggi paleolit davrini tavsiflang? 
7. Paleolit davri xo‘jalik xususiyatlarini yoritib bering? 
8. Paleolit davri tosh qurollari to‘g‘risida ma’lumot bering? 
9. Paleolit davri tasviriy san’ati xususiyatini bayon qiling? 
10. Paleolit davrida ijtimoiy munosabat qanday bo‘lgan? 


46 
2-bob. Mezolit 
 
Tayanch so‘zlar: Golotsen, dolixokran, yevropeoid, makrolit
mikrolit, Natufiy madaniyati, fauna, flora, epipaleolit, o‘q-yoy. 
 
Mezolit davri umumiy tavsifiMezolit davri (yun. mezos – o‘rta, 
lot. litos – tosh) - o‘rta tosh davri. Mezolit atamasini ilk bor shved olimi 
A.Torrel (1874) taklif etgan. Allen Braun (1883) paleolit va neolit 
davrlari oralig‘idagi tosh qurollari majmuasini belgilash maqsadida 
qo‘llab, ilmiy asoslangan. Hozirgi paytda ayrim xorijiy mamlakatlar 
arxeologiyasida mezolitning ekvivalenti sifatida epipaleolit yoki 
golotsen paleoliti kabi atamalarni ham qo‘llaniladi. 
Yevrosiyoda mezolit davrining sanasi mil. avv. XIIVII/VI ming 
yilliklar doirasida belgilangan. Yaqin va O‘rta Sharq hududida mezolit 
davri juda qisqa muddat davom etib, neolit davriga ilgariroq o‘tilgan. 
Yer yuzining ayrim o‘lkalarida mezolit davom etayotgan davrda bu 
hududda eneolit boshlangan. 
Mezolit davrida yer yuzining shimoliy qismida hukmron 
bo‘lgan vyurm muzligi eriydi. Muzlik mil. avv. XIV ming yillikda 
erib boshlangan, mil. avv. X ming yillikdagi qisqa muddatli qayta 
sovushdan so‘ng, mil. avv. IX ming yillikda (8300-yil) butunlay erib 
tugagan. Yer sharining shimolida, xususan, Shimoliy Kanadada 
muzlik mil. avv. IV ming yillikda batamom erib tugaydi. 
Muzlikdan bo‘shagan yerlarda igna bargli, undan janubda esa 
keng yaproqli daraxtzor o‘rmonlar vujudga keladi. Muzlik hosil 
qilgan ulkan suv zaxirasi okean va dengiz sathining ko‘tarilishi va 
kichik suv havzalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 
Golotsen davrida yer sharining muzligidan chekkada bo‘lgan 
janubiy qismida issiq va namchil iqlim sharoiti hukm suradi, hatto 
Sahroyi Kabir cho‘lida yillik yog‘angarchilik mig‘dori 300-400 mm ni 
(hozirgi paytda 6 mm) tashkil etgan. 
Borrealoldi davrida (mil. avv. 7,57,0 ming yilliklar) vujudga 
kelgan barqaror iqlim yer yuzining tabiat manzarasining o‘zgarishiga 
olib keladi. Shimolda tundra maydoni qisqarib, qayin, qarag‘ay va 


47 
qora qarag‘ay daraxtli o‘rmon hududi kengayib boradi. Janubda esa 
iliq va namchil iqlim sharoitiga xos flora va fauna shakllanadi. 
Yer sharining shimoliy qismining hayvonot olami keskin 
o‘zgaradi. Muzlik oldi hududida yashagan mamont, jundor karkidon 
va qo‘ybuqa kabi hayvonlarning ko‘pchiligi mezolit davrining 
boshida qirilib ketgan edi. Qolgan kam sonli qismi esa chekka 
shimolga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra 
mamontlar shimolda Chukotka dengizida joylashgan Vrangel orolida 
neolit davrigacha jon saqlab, uning so‘nggi vakillari mil. avv. IV ming 
yillikda butunlay yo‘qolib ketgan. 
Muzlik erib tugagandan keyin yer yuzining shimoliy qismida 
va janubiy tog‘ hududida ot, buqa, sayga, yovvoyi eshak, o‘rmon 
hududida esa los, bug‘u, cho‘chqa, bo‘ri, tulki va boshqa hayvonlar 
yashagan. Ayniqsa, qushlar, xususan, ularning suvda yashovchi turi, 
baliq va dengiz bo‘yi hududida mollyuska ko‘payadi. 
Yirik jussali hayvonlar turi yo‘qolib ketgandan keyin mezolit davri 
aholisi ovchilikning paleolit davridagi qamal usulidan voz kechadi. 
To‘da bo‘lib yashaydigan, kichik jussali, harakatchan hayvonlarni 
ov qilish uchun ma’lum vositadan foydalanishga zarurat tug‘ilgan. 
Natijada dastlabki ov moslamasi o‘q-yoy kashf qilingan. O‘q-yoy 
yordamida kichik hayvonlar va qushlar oson o‘ljaga olingan. 
Yer yuzining janubiy qismida muzlikdan keyingi issiq iqlim 
sharoitida shakllangan hayvonot va o‘simlik dunyosi ixtisoslashgan 
o‘zlashtiruvchi xo‘jalikning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratgan. 
Mezolit davrida mahalliy hududning tabiiy sharoitiga xos 
ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari vujudga kelgan. 
Bunday xo‘jalik shakli dastlab Old Osiyoda va tabiiy shart-sharoitga 
ko‘ra boshqa yerlarda ham rivojlanadi. 
Mezolit davrida Yevrosiyoning issiq iqlimli janubi-g‘arbiy o‘lka- 
larida aholi soni ko‘payib, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib 
borishi, tabiiy oziqa zaxirasi kamayib ketishiga olib kelgan. Ularni sun’iy 
ko‘paytirish yo‘lidagi harakat yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va 
o‘simliklarni madaniylashtirishga olib keladi. Bunday jarayon dastlab 
Old Osiyo hududida sodir bo‘lib, reyin qo‘shni hududlarga tarqalgan. 


48 
Mezolit davri moddiy madaniyatning tosh qurollariga ishlov 
berish, uy-joy qurish kabi sohalarida yangi yutuqlarga erishilgan. 
Tosh quroliga ishlov berishning yangi va mukammal usuli vujudga 
kelib, ularning turi va soni yanada ko‘payadi. Tosh qurolining yangi 
turi mikrolit va makrolitlar paydo bo‘ladi. Mikrolit (yun. mikros – kichik, 
litos tosh) kichik tosh qurollari geometrik (sigment, trapetsiya 
va uchburchak) shaklga ega bo‘lib, o‘lchami 2sm ni tashkil etgan. 
Yog‘ochga qotirilgan mikrolitlardan o‘simliklarni o‘rib olishda o‘roq 
sifatida foydalanilgan. Mikrolitlar kamon o‘qining uchi – paykon 
vazifasini bajargan. Makrolit (yun. makros – katta, litos – tosh) tosh 
quroli, ya’ni tosh boltaning ahamiyati o‘rmon hududida yuqori bo‘lgan. 
Mikrolitlar dastlab Yevrosiyoning janubiy o‘lkalarida vujudga 
keladi, shimolda esa biroz kechroq tarqalib, mezolitda so‘nggi paleolit 
davridagi plastinkasimon (paraxasimon) tosh bo‘lagidan yasalgan 
qurollardan foydalanish an’anasi saqlanib qoladi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling