Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Samarqand makoni. Samarqand shahrida joylashgan makon 
O‘zbekistonning so‘nggi paleolit davriga oid muhim yodgorliklardan 
biridir. Makonning madaniy qatlami joylarda 3dan iborat bo‘lib, 
100 m. kv joyni egallagan yog‘och ustunli qurilmaga ega uy-joy 
aniqlangan. Atrofidagi yog‘och ustunlarining o‘rni saqlanib qolgan. 
Ustunlarning sirti shox-shabbalar va qamish bilan yopilgan. Uyning 
ichkarisida o‘choq qoldig‘i saqlangan va kichik maydoncha mavjud. 
Maydonchada ma’lum yumushlar bajarilgan. 
Samarqand makonidan 7,5 mingga yaqin tosh qurollari topilgan. 
Ular gardishsimon nukleus, uchrindi, bolta va yupqa uchrindilardan 
iborat. Tosh qurollari asosan chaqmoqtosh, diorit va amfibolit jinsli 
tosh navlaridan yasalgan. Tosh qurollari majmuasida o‘lchami 16 
sm tosh bolta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekistonning so‘nggi 
paleolit davriga oid boshqa makonlarida uchramaydi. Suyakdan 
yasalgan qurollar va boshqa anjomlar ham mavjud. 
Topilmalar orasida ibtidoiy odam suyaklari muhim o‘rin tutadi. 
Ulardan birichamasi 25 yoshdagi ayolning yelka suyagi, pastki jag‘ining 
9 ta tishi, ikkinchisi 35 yoshdagi erkak yoki ayolning 10 ta tishi 
saqlangan pastki jag‘ suyaklaridir. Samarqand makonida yashagan eng 
qadimgi odamlar yevropeoid irqiga mansub aholi vakillari bo‘lgan. 


42 
O‘simlik va hayvonot olamiga boy bo‘lgan Zarafshonning o‘rta oqimi 
to‘qayzor, cho‘l va tog‘ oldi hududi odamlarning yashashi uchun qulay 
sharoit hisoblangan. Makondan yovvoyi ot, eshak, tur, tuya, Buxoro 
bug‘usi, qisman qo‘y, jayron, toshbaqa, bo‘ri va qushlarning suyagi 
topilgan. Samarqan makonida yashagan odamlar ko‘proq ovchilik bilan 
kun kechirgan. Termachilikning ahamiyati ham yuqori bo‘lgan. 
Yangaja II yodgorligi. Yodgorlik Turkmaniston respublikasining 
Turkmanboshi (Krasnovodsk) yarim orolida joylashgan bo‘lib, 
paleolit davrida xom ashyosi qazib olingan tosh koni hisoblanadi. 
Kondan tosh qurolini yasash uchun zarur xomashyo qazib olingan. 
Yodgorlikdan nukleus, uchrindi, keskich va boshqa tosh qurollari 
topilgan. Ulardan nukleussimon qirg‘ichga o‘xshash tosh quroli 
Falastinning so‘nggi paleolit davriga oid yodgorligining quyi 
qatlamida uchraydi. Bu bevosita ikkala hudud o‘rtasidagi ma’lum 
aloqa bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Tojikiston Respublikasi hududidagi Xo‘jag‘or makoni ham so‘nggi 
paleolit davrining muhim yodgorliklaridan biridir. Yodgorlikdan oq, 
qora va ko‘k rangdagi chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari 
to‘plami topilgan. Ular nukleus, qadama va paraqalardan iborat. Tosh 
qurollari orasida parmalash va teshish maqsadida ishlatilgan ish 
anjomlari ham mavjud. 
Pomir tog‘ tizmasidagi Darvoza tog‘ining g‘arbiy qismida ko‘p 
qatlamli Shugnov joy-makoni joylashgan. Makonda umumiy maydoni 
500 m. kv joyda olib borilgan qazish ishlari natijasida so‘nggi paleolit 
davriga oid to‘rtta madaniy qatlam aniqlangan. 
Shug‘nov makoni sayyor ovchilarning ov mavsumida vaqtinchalik 
yashash uchun qo‘nim vazifasini bajargan bo‘lishi mumkin. Unda 
odamlar doimiy yashagan kulba izlari mavjud emas. Qadimgi 
odamlardan kun kechirishlari uchun uzoq joylarga borib ov qilib
oziq-ovqat topish talab etilgan. 
Makonda uchraydigan tosh qurollari nukleus, plastinka, qirg‘ich 
va uchrindidan iborat. Hayvon suyaklari ot, qora mol yoki qo‘tos, qo‘y 
va echkilarga tegishli. Qadimgi ovchilar tog‘da o‘sadigan yong‘oq, 
bodom, pista va boshqa o‘simlik oziqalarini ham terib yig‘ishgan. 


43 
O‘rta Osiyoning so‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklari 
pasttekistlikdan tortib, baland tog‘ tizmasigacha bo‘lgan hududdan 
topib o‘rganilgan. Ular so‘nggi paleolit davrida yashagan qadimgi 
odamlarning turmush tarzi, xo‘jaligi va moddiy madaniyati to‘g‘risida 
qimmatli ma’lumotlar beradi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling