Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mezolit davri tasviriy san’ati .
Sharqiy Pomir mezoliti. Bu mezolit davri yodgorliklari
Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki issiq (Issiq g‘or-makoni) majmuasidan iborat. Pomir tog‘ining dengiz sathidan 4000–5000 m balandlik hududida joylashgan ushbu yodgorliklar mil. avv. VII ming yillikga oid. Oshxona makonidan mezolit davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan har xil o‘lchamli tosh qurollari topilgan. Ularning dag‘al va nozik yasalgan turlari ajralib turadi. Makonda silliq toshlardan qurilgan ikkita o‘choqning izi va ularning atrofida odamlar yashashi uchun mo‘ljallangan tekis joyning o‘rni ochilgan. Bu joy chayla shaklidagi yengil boshpananing o‘rni bo‘lsa kerak. Makon markansuvlik ibtidoiy ovchilarning ov mavsumida ma’lum muddat yashashgan manzili bo‘lgan. Sayyor ovchilar yovvoyi hayvonlarni ovlash bilan birga tog‘da o‘sadigan daraxt mevalarini ham tergan bo‘lishlari mumkin. Markansuv madaniyatining kelib chiqish ildizi aniqlanmagan, tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, Pomir tog‘idan tashqarida shakllangan. Makonlardan topib o‘rganilgan tosh qurollarining ishlanish usuliga ko‘ra mahalliy hudud bilan bog‘laydi. Mezolit davri tasviriy san’ati. Mezolit davri tasviriy san’at namunalari Yevrosiyoning barcha hududi, xususan, Priney yarim oroli, Shimoliy Afrika (Sahroyi Kabir), Rossiya, O‘rta Osiyo, Hindiston va boshqa joylardan topib o‘rganilgan. Tasvirlar asosan qoyalarning shifti va yon devorlariga mineral bo‘yoqlarda chizilgan. Mezolit davri qoya tosh tasvirlari so‘nggi paleolit davri namunasidan mazmun-mohiyati jihatdan farq qiladi. Bu davrning tasvirlarida qurollangan ovchilarning yovvoyi hayvonlariga uyutirayotgan ov manzarasi aks etgan. Paleolit davri tasvirlarida odamlarning shakli juda kam uchragan bo‘lsa, mezolit davrida ularning soni ancha ko‘payadi. Odamlar tasviri nayza va kamon bilan qurollangan holatda aks ettirilgan. O‘zbekisiton, Qozog‘iston va Tojikiston hududida ham mezolit davriga oid kam sonli qoya tosh tasvirlari saqlangan. Zarautkamar (Surxondaryo), Siypantosh (Qashqadaryo) va Shaxta (Sharqiy Pomir) yodgorliklarida mezolit davri tasviriy san’atining ajoyib namunalari saqlanib qolgan. 56 Zarautkamar yodgorligi Surxondaryo viloyati Sherobod shahridan 30 km shimoli-sharqda Ko‘hitang tog‘ining janubi-sharqiy yonbag‘rida Zarautsoy bo‘yida joylashgan. Kamarda madaniy qatlam uchramaydi. Tasviriy san’at namunalari qoyaning shifti va yon devorlariga qizil bo‘yoqda chizilgan. Tasvirlar ov manzarasi aks ettirilgan uchta lavhadan iborat. Birinchi lavhada ovchilarning yovvoyi buqalarga halqa bo‘lib uyushtirayotgan hujumi va hayvondan ikkitasining qochishga urinayotgan holati tasvirlangan. Ikkinchi lavhada jarohatlangan jayronning ovchilardan qochishga harakat qilayotgan tasviri aks ettirilgan. Uchinchi lavhada yovvoyi echkilarni ov qilish manzarasi chizilgan. Ovchilarning ayrimlari boshiga niqob kiyib olgan, boshqalari esa sxematik shaklida chizilgan. Zarautkamar tasvirlarda mezolit davri jamoasining xo‘jalik faoliyati aks ettirilgan bo‘lib, ular orqali musavvir ibtidoiy jamoa a’zolarining ov oldidan amalga oshirgan rasm-rusmlarini, ya’ni ov kultini aks ettirishga harakat qilgan. Tasvirlar orqali mezolit davri jamoasining xo‘jalik faoliyatini kuzatish bilan birgalikda, ularning e’tiqod tushunchalari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. O ‘ rta Osiyoning mezolit davri qoyatosh tasvirlari. 1. Zarautkamar 2. Shaxta 57 Qashqadaryo vohasidagi Siypontosh tasvirlari koinot va astronomik belgilardan iborat. Kamarning shiftida qizil rang bo‘yoqda chizilgan belgilar oy kunlarining hisobi va yulduzlar belgisi bo‘lishi mumkin. Tojikiston Respublikasi Pomir tog‘i hududi joylashgan Shaxta g‘orida baland tog‘ tizmasida yashaydigan yirtqich hayvonlar, xususan, ayiq tasviri chizilgan. Makonning madaniy qatlamidan topilgan moddiy ashyolar mezolit davriga oid. Umuman mezolit davri qoyatosh tasvirlarida hayvonot dunyosi va xo‘jalik xususiyati aks etib, ularda o‘z davrining sodda dunyoqarash tushunchalari va diniy-dunyoviy mafkurasi aks etgan. Mezolit davrida sodir bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari kishilik jamiyati xo‘jalik va moddiy madaniyatiga jiddiy ta’sir qilib, muhim ijobiy yutuqlarga erishishiga sabab bo‘ladi. Natijada kishilik jamiyati ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida burilish davrini boshlab beradi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling